Internetda o’z domeniga ega bo’lish. Web-sayt yaratish bo’yicha ikkinchi maslahat.

Internetda o’z domeniga ega bo’lish. Web-sayt yaratish bo’yicha ikkinchi maslahat.

Kamol To'xtayev

Internetda o’z domeniga ega bo’lish. Web-sayt yaratish bo’yicha ikkinchi maslahat.

Internetda veb-sayt yaratishni xohlovchi foydalanuvchilar uchun kerakli va foydali domenga ega boТlish juda muhim. Domenga ega boТlish (sotib olish) jarayonini tushuntirib berishdan oldin УdomenФ nimaligiga biroz to’xtalib o’taman. 

Domen – bu veb-saytlarni internetdagi o’ziga xos nomlash tizimi bo’lib, bu orqali har xil nomdagi veb-saytlar bir biridan ajralib turadi. Aslida internetdagi har bir veb-saytning manzili nuqtalar bilan ajratilgan raqamlardan iborat. Bu raqamlar oddiy foydalanuvchilar uchun chalkash va eslashga qiyin bo’lgani uchun internetda raqamlar o’rniga oddiy so’zlardan foydalanish tizimi ishlab chiqilgan. Mana shu raqamlar o’rniga so’zlarni ishlatish domen nomlanishi deb aytiladi. Sodda qilib tushuntiradigan boТlsam, bu tizim mobil telefoningizdagi aloqalar ro’yxatiga o’xshaydi, har bir raqam kimga tegishli ekanligi uning nomi bilan yozib qoТyiladi.

Internetda domen nomlari nuqtalar bilan ajratiladi. Har bir nuqta domen nomining darajasini bildiradi. Domen nomining darajasi o’ngdan chapga qarab hisoblanadi. Masalan, www.sobidon.narod.ru domenidagi .ru domeni birinchi darajali domen, .narod domeni esa ikkinchi darajali domen hisoblanadi. www.sobidon.narod.ru domenidagi .sobidon domen nomi esa uchinchi darajali domen hisoblanadi.

Birinchi darajali domen nomlari ikkita katta guruhga bo’linadi. Birinchisi, bu xalqaro domen nomlari boТlib, bularga .com, .org, .info, .biz va shunga o’xshash domen nomlari kiradi. Ikkinchisi esa, bu har bir davlatga uning nomidan kelib chiqqan holda ajratilgan domen nomlaridir. Masalan, OТzbekistonda birinchi darajali domen .uz domeni, Rossiyada .ru domeni, Ukrainada .ua domeni va hakozolar.

Birinchi darajali domenlar, ya’ni .com, .ru, .uz, .org domenlari maxsus tashkilotlar tomonidan boshqariladi va oddiy foydalanuvchi veb-sayt yaratishda uning veb-sayti qaysi birinchi darajali domenda joylashishini hal qilishi kerak.

Xo’sh,veb sayt yaratishda sizning veb saytingiz qaysi darajali domenda va qanday nomda bo’lishi muhimmi? Albatta, muhim. Odatda veb sayt yaratishda uning nomi ikkinchi darajali domendagi nom bilan belgilanadi, ya’ni siz ikkinchi darajali domen nomini o’zingiz tanlay olasiz.

Internetda uchinchi darajali domenda veb-sayt yaratishni taklif qiluvchi internet xizmatlar ham mavjud. Misol uchun, siz www.narod.ru yoki www.ucoz.ru saytlariga kirib o’zingizga uchinchi darajali domen nomiga ega veb-sayt yaratishinigiz mumkin. Ko’rib turganingizdek, bu yerda siz faqat uchinchi darajali domen nomini tanlay olasiz. Bunday holatda www.spy.ucoz.com degan nomga ega boТlardi.

http://www.ucoz.uz yoki http://ucoz.zn.uz sayt nomlaridan qay biri eslashga qulay va e’tiborni tortadi? Albatta, http://www.ucoz.uz saytining nomlanishidir. Ikkinchi darajali domendagi veb-saytga ega bo’lish o’ziga xos ishonch va nufuzni ham bildiradi.

Agar ikkinchi darajali domenda veb sayt yaratishni xohlasangiz, bu domenni o’z nomingizga ro’yxatdan o’tkazishingiz kerak bo’ladi. Domenni o’z nomingizga ro’yxatdan o’tkazish yillik badal to’lash bilan amalga oshiriladi. 

O’zbekistonda domen nomini ro’yxatdan o’tkazuvchi bir nechta firmalar mavjud. Bular orasida www.arsenal-d.uz, www.billur.net va boshqa registratorlarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin.

Domenni jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o’z nomiga roТyxatdan o’tkazishlari mumkin. Jismoniy shaxslarning domenni o’z nomiga ro’yxatdan o’tkazishi quyidagi tartibda amalga oshadi. (faqat .uz domeni uchun) 

Veb-saytingiz qanday nomda bo’lishi kerakligini obdon o’ylaysiz, har xil variantlarni tanlaysiz. Bu sizning veb-saytni kimlar uchun va nima maqsadda yaratayotganliginingiz bilan chambarchas bog’liq boТlishi kerak. 

www.cctld.uz saytiga kirib, tanlagan nomdagi domen hali bo’sh ekanligini tekshirasiz. 

.uz domenini ro’yxatga oluvchi firmaga borib, tanlagan domeningizni o’z nomingizga ro’yxatdan o’tkazasiz. (Pasport va biroz pul esdan chiqmasin)

Veb-sayt yaratishdagi ishlaringizga omad tilayman! Blogni kuzatib boring. Keyingi maqola Ц xosting tanlash haqida. 

Domenlar toТg’risi yanada maТlumot olishni xohlasangiz, mana bu link boyicha o’ting.

Internet va domenlar boТyicha asosiy atamalar haqida bilmoqchi boТlsangiz, mana bu link bo’yicha o’ting.


Report Page