Internetda Ayolning shaxsiy suratlarni tarqatish bilan qoʻrqitib, pul talab qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

Internetda Ayolning shaxsiy suratlarni tarqatish bilan qoʻrqitib, pul talab qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir xususida.

IIBB Axborot xizmati

Aniqlanishicha, Qibray tumanida yashovchi ayol telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Gʻiyos” ismli shaxs bilan tanishgan. Oradan biroz vaqt oʻtib ushbu shaxs ayolning unga yuborgan surat va videolarni internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, undan surat va videolarni tarqatmaslik evaziga 5 mln soʻm talab qilib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1995 y.t. Gʻ.X. (Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi) ayoldan kelishilgan pulning 200 AQSH dollarini tovlamachilik yoʻli bilan olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ushlangan shaxsning qoʻl telefoni oʻrnatilgan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilganda, u yuqoridagi holat kabi, yana oʻnga yaqin ayollar surat va videolari borligi va bu kabi ish bilan muntazam shugʻullanib kelganligi gumonlangan.

Hozirda holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page