Internet tarmog'ida moliyaviy xavfsizligingizni taʼminlang!

Internet tarmog'ida moliyaviy xavfsizligingizni taʼminlang!

"Poytaxt bank"

Hurmatli "Poytaxt bank" mijozlari,

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda kiberfiribgarlik holatlari ko‘paymoqda. Firibgarlar shaxsiy maʼlumotlaringiz va bank hisob raqamlaringizga kirish uchun turli usullardan foydalanmoqda. Sizlarning o‘zingizni va moliyaviy manfaatlaringizni himoya qilish uchun quyidagi muhim maslahatlarni tayyorladik.


⚠️Firibgarlikning asosiy usullari:

1.Fishing xabarlari: Firibgarlar sizga mashhur shaxslar yoki tashkilotlar nomi bilan yozishma yoki elektron maktublar yuborishi mumkin. Bu xabarlarda qalbaki veb-saytlarga olib boruvchi havolalar bo‘lib, ular sizdan shaxsiy maʼlumotlarni kiritishni talab qiladi. APK fayllarni Telegram’da doc.exe formatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish holatlari ham mavjud.

2.Ijtimoiy injeneriya: Firibgarlar siz bilan ishonchli munosabat o‘rnatishga harakat qilishi mumkin, o‘zlarini do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz deb tanitishi mumkin. Ular sizdan pul, karta maʼlumotlari yoki boshqa maxfiy maʼlumotlarni so‘rashlari mumkin.

3.Qalbaki akkauntlar va sahifalar: Bank yoki boshqa tashkilotlarning haqiqiy sahifalarini nusxa ko‘chirgan qalbaki akkauntlarga eʼtiborli bo‘ling. Ular shaxsiy maʼlumotlarni berish uchun "bonustar" yoki “sovrinlar” taklif qilishi mumkin.


O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin:

1.Ehtiyot bo‘ling: Ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsiy maʼlumotlar yoki bank kartalari maʼlumotlarini hech qachon bermang. Agar kimdir sizdan shuni so‘rasa, bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

2.URL-manzillarni tekshiring: Maʼlumotlarni veb-saytga kiritishdan oldin, URL-manzil “https://” bilan boshlanishiga va bankning rasmiy saytiga tegishli ekaniga ishonch hosil qiling.

3.Ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalaning: Bu akkauntingizning qo‘shimcha himoyasi bo‘lib, firibgarlarga kirishni qiyinlashtiradi.

4.Haqiqiyligini tekshiring: Agar sizga nimadir shubhali tuyulsa, bank bilan bevosita rasmiy sayt yoki kartangizda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘laning.

5.Parollarni yangilab turing: Parollarni muntazam o‘zgartirib turing va harflar, raqamlar va maxsus belgi va raqamlardan iborat murakkab kombinatsiyalarni ishlating.


Agar siz firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz, nima qilish kerak

Agar maʼlumotlaringiz noqonuniy ravishda olingan bo‘lishi mumkin deb shubha qilsangiz, zudlik bilan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan bog‘laning. Biz sizga kartalaringizni bloklashda va akkauntingizning xavfsizligini tiklashda yordam beramiz.

Moliyaviy manfaatlaringizni himoya qiling va ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkor bo‘ling. Sizning farovonligingiz – bizning ustuvor vazifamiz.

Hurmat bilan, "Poytaxt bank" jamoasi.

Report Page