Aslida internet qanday ishlaydi?
Koʻpchilik, butun dunyo internet tarmogʻi sunʼiy yoʻldosh orqali taʼminlanadi deb oʻylaydi.
Haqiqatdan shundaymi? 👀
Axborot uzatishning eng oson, tezkor va ishonchli usuli — bu kabel orqali uzatish. Internet deyarli butunlay kabellarga tayanadi. Kabellarning koʻpi suv havzalari orqali oʻtadi. Kabellarni oʻrnatilishi uzoq muddatli va juda ham koʻp resurslar talab qiladi. Bu jarayon deyarli 200 yil davom etdi.
Hozirda umumiy uzunligi 900 ming kilometrdan oshiq 300 dan ortiq suvosti kabellari yotqizilgan. Ushbu kabellar orqali barcha qitʼalararo maʼlumotlarning 97% uzatiladi. Agar ularni birma-bir qoʻysangiz, uni yerdan oygacha choʻzish va yer atrofida yana uch marta oʻrashingiz mumkin ekan.
Internet kabellar orqali taʼminlansa, unda sunʼiy yoʻldoshlar nimani taʼminlaydi degan savol tugʻilishi tabiiy.
Sunʼiy yoʻldosh orqali ham internetdan foydalansa boʻladi, lekin bu narx jihatidan juda ham qimmatga tushadi. Undan tashqari, ob-havo sharoiti ham aloqaga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli, sunʼiy yoʻldosh orqali asosan aloqa kabellari yetib bormagan chekka joylardagina foydalaniladi. Signalni qabul qilish va uzatish uchun esa, alohida uskunalar talab etiladi.
Hozirda sunʼiy yoʻldoshlardan asosan televideniye, harbiy va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet tarmogʻi okeanlar ostidan oʻtgan optik tolali kabellar orqali uzatilishini siz ham bilarmidingiz? 🤔