Internet o'zi nima?

Internet o'zi nima?

Otabek NurmatovFebruary 16, 2023

Ko'pchilikda internet nimaligi va uni qanday ishlashi haqida yetarlicha ma'lumot yo'q ammo bu galgi postimizda biz aynan internet haqida ko'proq ma'lumot olishga kirishamiz. If you ready, let's go🚀

Yaratilish tarixi

Ko'pchilik insonlar oddiy hayotda doim ishlatib yurgan narsalarini kim yaratganini yoki qanday yaratilganini bilishmaydi. Misol uchun lampochkani kim yaratgan? Sharchali ruchkalarnichi? Kurtkangizni zamoginichi?

Ko'rib turibsizki bunday hayotimizda allaqachon oddiylashib qolgan narsalarni qanday ishlashiyu, kim yaratganidan bexabarmiz. Internet ham shu ro'yxatdan joy olgan...

1970-yilda olimlar internetni ixtiro qilishga kirishadi ammo natijada ular ARPANET deb nomlangan bir ajoyib texnologiyaga asos solishadi...

ARPANET - Advanced Research Project Agency Network. O'zbek tilida buning tarjimasi "Ilg'orlashgan tadqiqot loyihasi agentligi tarmog'i"
Internet taxminan shunday ishlashi ko'zda tutilgan

Bu loiha Amerika Xavfsizligi Kafedrasi uchun qilingan loiha edi. Bu loiha yadroviy hujumni oldini olish uchun aloqa vositasi bo'lishi ko'zlangan bo'lgan. Ular xabarlarni bo'laklarga bo'lib jo'natishni reja qiladi va bir nechta joylardagi stansiyalar orqali xabarlarni olish, jo'natish imkonini izlashadi. Bu loiha ishlab ketadi 🥳

Internetni kim boshqaradi?

Internetni hech kim boshqarmaydi yoki hamma boshqaradi.

Internet bu juda ko'p tarmoqli mustaqil ravishda boshqariladigan tarmoq desak bo'ladi. Uning barchasi dizimlashgan va unda hech qanday boshqaruvchi biror tizim mavjud emas...

Tizim shunday qurilganki u doim o'z yo'lini o'zi tanlashga moslashgan (bu haqida hali ko'proq keyingi sonlarda gaplashamiz). Qachonki biror insonga xabar jo'natsangiz u manzilni oladi va qaysi yo'ldan yurishni va qanday borishni ixtiyoriy hal qila oladi.

Internet o'zi nima degani?

Internet so'zi ingliz tilidagi ikkita so'zning birlashmasi

  • International - xalqaro
  • Network - aloqa

Ko'rib turibsizki xattoki bu so'zning o'zi ham qandaydir koinotdan emas balkim oddiy hayot tarzidan olingan...

Agarda qisqacha internet haqida ma'lumot ololgan bo'lsangiz juda xursandman...

⬅️ Ortga qaytish | Keyingi bo'limga o'tish ➡️

Report Page