Internet Download Manager dasturi

Internet Download Manager dasturi

Shukhrat Makhmudov

Internet Download Manager - Internetdan fayllarni yuklashni tashkil etish uchun dastur. Unda fayllarning dinamik segmentatsiyasi va bir nechta qismni bir vaqtning o‘zida yuklab olish, bo‘sh ochiq turgan ulanishlardan qayta ulanishsiz foydalanish va boshqa ko‘plab yuklab olishni tezlashtirish uslublari ko‘zda tutilgan. Fayrvollar (tarmoqlararo ekran, brandmauer, firewall), proksi va oylanar (зеркала), FTP va HTTP protokollari, redirektorlar, kuklar, yuklash navbatlari (очереди закачек), foydalanuvchining avtorizatsiyasi qo‘llab-quvvatlanadi. Barcha mashhur brauzerlarga integratsiya qilinadi va yuklashlarni avtomatik o‘ziga “ilib” oladi.

Internet Download Manager o‘ziga xos xususiyatlari:

* Ikki qismga ajratish qoidasini qo‘llovchi faylning dinamik segmentatsitasi;

* Tizimga qo‘shimcha tarzda qayta kirmasdan turib faylning o‘z qismlarini yuklab olishni tugallaganda qatnashgan ulanishlardan ko‘p marotaba foydalanish;

* Sizning ulanish turingizga qarab IDMda taymaut vaqtini hamda ulanishlar miqdorini sozlash ko‘zda tutilgan.

Yuklashni boshlashdan avval faylni segmentlaydigan barcha boshqa tezlashtirgichlar va yuklash menejerlaridan farqli o‘laroq, Internet Download Manager yuklanayotgan fayllarni yuklash jarayoni vaqtida dinamik tarzda segmentlaydi. Bundan tashqari, eng yaxshi tezlik xarakteristikalariga erishish maqsadida Internet Download Manager qo‘shimcha ulanish va avtorizatsiyadan o‘tish bosqichlaridan o‘tib ketgan holda mavjud ulanishlardan ko‘p marotaba foydalanadi.

Maslaxatimiz: agar dastur o‘zini yangilash uchun taklif bilan chiqqanida, taklif oynasini yoping va adashib yuklab yubormang, aks holda dastur yangilanib, keyin litsenziya talab etib qolishi mumkin! Hozirgi holatida esa litsenziya talab etmaydi. Agar mabodo bu jarayon sodir bo‘lgan taqdirda, dasturni o‘chirib qayta o‘rnatib ko‘ring.

Ushbu foydali dasturni o‘zingizga yuklab olib, o‘rnatib, foydalanishni istasangiz, unda maqola ostidagi arxivni o‘zingizga yuklab oling.

Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz

Report Page