International Youth Peace Summit
ezgu.uzUmumiy ma’lumot
Ushbu sammit O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbuslarga asoslanadi. Xususan:
- 2020-yil 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiya qabul qilish taklifi ilgari surilgan;
- 2025-yil 12-dekabr kuni “Tinchlik va ishonch” forumida tinchlikni muloqot orqali mustahkamlash zarurligi ta’kidlangan;
- Sammit BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (2030) va “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” yo‘nalishlariga mos keladi.
Mazkur sammit yoshlarning tinchlikni ta’minlashdagi rolini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning tinchlikparvar imijini mustahkamlashga qaratilgan.
Sammit haqida qisqacha
- 13–17-may 2026 — onlayn (Telegram va Zoom orqali)Har kuni alohida mavzular muhokama qilinadi
- Ishtirokchilar “Xalqaro yoshlar tinchlik deklaratsiyasi” ustida ishlaydi
- 18-may 2026 — oflayn yakuniy bosqichJoy: Toshkent shahri, Hilton mehmonxonasi
- Vaqt: 10:00
- Deklaratsiyani imzolash va taqdirlash marosimi o‘tkaziladi
Tashkilotchilar
- “Oltin qanot” volontyorlar jamoasi
- Yosh volontyorlar akademiyasi
- “Ixlos” Toshkent shahar nogiron talabalar uyushmasi
Sammit o‘zbek, ingliz va rus tillarida o‘tkaziladi.
Asosiy yo‘nalishlar (qo‘mitalar)
- Xalqaro yoshlar diplomatiyasi
- Ekologiya va barqaror rivojlanish
- Yoshlar huquqlari va xalqaro munosabatlar
- Ta’lim va ijtimoiy hamkorlik
- Volontyorlik va ishonchni mustahkamlash
- Maxsus qo‘mita
Har bir ishtirokchi ushbu yo‘nalishlardan birida qatnashadi va deklaratsiya ustida ishlaydi.
Sammitning maqsadi
Turli davlatlardan yoshlarni bir platformada jamlab:
- “Xalqaro yoshlar tinchlik deklaratsiyasi”ni ishlab chiqish
- Yoshlar yetakchiligini rivojlantirish
- Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash
Yakuniy hujjat BMT va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Asosiy vazifalar
- Xalqaro muloqotni rivojlantirish
- Deklaratsiya matnini ishlab chiqish
- Liderlik va diplomatik ko‘nikmalarni oshirish
- Xalqaro tajriba almashish
- Yoshlarning global faolligini kuchaytirish
Ishtirok etish tartibi
- Ro‘yxatdan o‘tish:Telegram bot: @oltinqanot_registrator
- Sayt: www.yoshlarsammit.uz
- Arizada quyidagilar bo‘lishi kerak:F.I.Sh. va yashash hududi
- O‘qish yoki ish joyi
- Chet tillarini bilish darajasi
- Tinchlik bo‘yicha taklif (esse yoki tezis)
- Saralash:
- Eng yaxshi nomzodlar delegat sifatida tanlanadi.
Ishtirokchilar uchun
Imtiyozlar:
- Xalqaro sertifikat va diplom
- Ekspertlar bilan muloqot
- Maxsus guvohnoma (badge)
- Deklaratsiya muallifi sifatida e’tirof
- Faol ishtirokchilar uchun sovg‘alar
- Toshkent shaharda oflayn ishtirok etish majburiy emas. Kelmoqchi bo‘lganlar uchun esa, hech qanday xarajatlar qoplanmaydi;
Majburiyatlar:
- Sammit qoidalariga rioya qilish
- Faol ishtirok etish
- Qo‘mitalarda ishlash
- Boshqalarni hurmat qilish
Yosh chegarasi: 14–35 yosh
Yakuniy natija
Sammit yakunida “Xalqaro yoshlar tinchlik deklaratsiyasi” qabul qilinadi va quyidagilarga yuboriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
- BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
- Hamkor davlatlar tashkilotlari
Xalqaro ishtirokchilar uchun
Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan kelgan delegatlar uchun:
- Yashash va ayrim xarajatlar qisman qoplanadi
- Batafsil ma’lumotlar tashkilotchilar tomonidan beriladi