Intellectual Software Technology
I.S.TIST — Biznes dasturlash markazi. Savdo doʻkonlari, ishlab chiqarishlar, xizmat koʻrsatish kabi sohalar uchun dasturlar, avtomatlashtirilgan tizimlar, mobil ilovalar, web saytlar yaratib beramiz. Biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

Biz haqimizda
INTELLECTUAL SOFTWARE TECHNOLOGY
IST – Oʻzbekiston boʻylab, talablarga mos, yuqori sifatli, ishonchli va himoyalangan hamda samaradorligi bilan ajralib turuvchi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “Biznes dasturlash markazi” dir.
Bizning firma barcha turdagi ulgurji va chakana savdo xamda ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish dasturlarini ishlab chiqarish va oʻrnatish boʻyicha yetakchilardan hisoblanadi. oʻz ishi ustalaridan tashkil topgan yosh va istiqbolli jamoadir. Qisqa vaqt ichida firma professional va ishonchli hamkor sifatida tanilib, nom chiqardi. Bizning ish tamoyilimiz — har bir mijozga individual yondashuvdan iborat. Bizga murojaat qilgan har bir shaxs — bizning doimiy mijozimiz va doʻstimiz sifatida qabul qilamiz. Doimiy ish hamkorlarimiz bilan moslashuvchan moliyaviy siyosatni yurgizishga, ularni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha kechayu--kunduz sizga eng kuchli mutaxassislarimiz bepul maslahatlar taqdim etishga tayyor. Hamkorlikning har qanday bosqichida ham biz mijozlarimizning ehtiyojlariga katta diqqatlik va jonkuyarlik bilan qaraymiz va firmamiz bilan ishlashni siz uchun foydali va qulay boʻlishini taʼminlaymiz.
Biz 1000 dan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqdamiz va ushbu koʻrsatkich kun sayin oshib bormoqda. Bizning har 10 ta mijozimizdan 8 tasi bizning avtomatlashtirilgan dasturimiz orqali kirim chiqim aylanmasini hisob kitobi oldinga nisbatan 30-40% aniqlikda chiqayotgani yaʼni kamomadlarning yoʻqligi va barcha hisob kitoblar 99,9% aniqlikda ekanligidan sezishadi.
Bizning dasturiy mahsulotlarimiz Oʻzbekiston bozorida rivojlanib bormoqda.
Barcha tadbirkorlarni faoliyatlari boʻyicha dasturlarimizga talablar kundan kunga ortib bormoqda.