Insulinoma
Tibbiy keyslar
Toʻgʻri javob C. Bu bemorda gipoglikemiya belgi va simptomlari bor. Esidan ketishi, holsizlik belgilari va ularning glyukoza quyganda bartaraf etilishi bu tashxisni tasdiqlaydi. Gipoglikemiya insulinoma yoki insulinni ortiqcha qabul qilish tufayli sodir boʻlishi mumkin. Bunday holatda insulin va C peptid laboratoriyada tekshirilishi kerak. Insulinomalar pankrearik beta hujayralarning xavfsiz oʻsmasi boʻlib, avtomatik koʻp miqdorda insulin ajratish bilan namoyon boʻladi. Insulinoma rezeksiyasi kasallikdan xalos etadi. Oshqozon osti bezidan insulin va C-peptid teng miqdorda ajralib chiqadi. Lekin, tashqaridan insulin qabul qilganda unda C-peptid boʻlmaydi. Ketoatsidoz 1-tur qandli diabetda kuzatilishi mumkin. Bemorning abdominal kompyuter tomografiyasi pankreatik oʻsmani koʻrsatib turibdi. Insulinoma yuqoridagilarga mos keladi.
A javob: insulin koʻp, C-peptid kam gipoglikemiya tashqaridan insulin qabul qilganda kuzatiladi.
B javob: Bu laboratoriya koʻrsatkichlari normal odamda kuzatiladi.
D javob: giperglikemiya, insulin va C peptid kamligi 1-tur qandli diabeti bilan kasallanganlarda (diabetik ketoatsidoz) kuzatiladi.
E javob: Qonda glyukozaning ham insulin va C peptidning ham oshishi maʼlum darajadagi insulinga rezistentlikni koʻrsatadi va bu 2-tur qandli diabetda kuzatilishi mumkin.
