Institut jamoasi "QO'MITA KUBOGI" musoboqalarining keyingi bosqichga yo'l oldi 

Institut jamoasi "QO'MITA KUBOGI" musoboqalarining keyingi bosqichga yo'l oldi 



   Toshkent shahrining "Yunusobod" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida joriy yilning 25-26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan sportning mini futbol turi bo‘yicha “QO‘MITA KUBOGI” musobaqasi o‘yinlarida "SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI" jamoasi ishtirok etmoqda. 

Jamoa 8:2 hisobida Xorazm viloyati jamoasi, 4:2 hisobida Qashqadaryo viloyati jamoasi hamda 1:1 hisobida Buxoro viloyati jamoalari ustidan g'alaba qozonishdi va birinchi bosqichda 1-o'rinni olib, musoboqaning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

   Institut jamoasini ushbu ulkan g'alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va keyingi bosqich o'yinlarida muvaffaqiyat tilaymiz!


@SamVMIM_olami

Report Page