Instagramda qanday pul topish mumkin?

Instagramda qanday pul topish mumkin?

dilrabo_marketing

Instagram bu aqlli platforma. Sizga layk bosilganlar yoki komment yozilganlar evaziga pul to’lamaydi. Bu narsani miyangizdan yulib tashlang.

Instagram orqali siz sohangiz bo’yicha mahsulot yoki xizmat sotuvini amalga oshirishingiz va aynan mana shu sotuvlar orqali pul topishingiz mumkin. Yoki aynan mahsulot va xizmati bor tanishlaringizning blogini yuritib berish evaziga xizmat haqqi olishingiz mumkin. Buning uchun esa avval instagramni o’ragnishingiz kerak. Buni mening 2 oylik SMM PROF onlayn kursimda o’qishingiz va nafaqat instagramni balki butun boshli platformalarni, montajni, mobilografiyani, marketing va targetingni, sotuvlar bo’yicha eng qimmatli bilimlarni o’rganasiz!

Menda mahsulot ham xizmat ham yo’qku? Desangiz, endi javobni eshiting!

Siz chiroyli va e’tiborni tortadigan kontentlar qilib, blogerlar bilan yaqinlikni yo’lga qo’yib, reelslar bilan ishlash orqali 50.000 dan ortiq obunachi to’plashingiz va mana shu profilingiz uchun reklama olib, bu orqali pul topishingiz mumkin. Faqat unutmang, aldov yo’li bilan emas, “jivoy” obunachi yig’ishingiz kerak.

Agar ma’lumotlarim siz uchun foydali bo’lgan bo’lsa, oshni boshlang. Nimadan boshlashni bilmayotgan bo’lsangiz, adminga murojaat qiling va mening professional onlayn kursimga yoziling!


Report Page