Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir. 

Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir. 

TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Urush yillari frontda mashaqqatli mehnat qilib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgan insonlarning sog‘lig‘i va bugungi hayoti hukumatimiz e’tiborida.

Shahrisabz tumani Shanbe qishlog‘ida istiqomat qiluvchi    ana shunday aziz insonlardan biri 97 yoshli Qayumov Voxid buvadir. 

TKTI Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.A. Mutalov, o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sirojov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Temirovlar otaxonning huzurida bo‘lishib, u kishini “9-may Xotira va qadrlash kuni” bilan tabriklab kelishdi. 

Voxid buva muhtaram prezidentimizga, qolaversa tashrif buyurganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi, el-yurt haqqiga duo qildi.

Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘tabardir. 




Report Page