Inson va tabiat

Inson va tabiat

https://t.me/natlibuzNovember 01, 2023

"Infolib Uzbekistan -2023" haftaligi doirasida 2023-yil 27-oktabr kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda taniqli rassom, O'zbekiston Badiiy Akademiyasining badiiy ijodkor uyushmasi a'zosi Chorshanbi Shamsiyev ijodiga bag‘ishlangan "Inson va tabiat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda rassom Chorshanbi Shamsiyev, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon Davron Rajab, Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Rassomlik maktabi o‘quvchilari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, haftalik doirasida ishtirok etayotgan kutubxona mutaxassislari va kitobxonlar ishtirok etishdi. Tadbirda rassom o’z ijodi bilan tanishtirib, yoshlarga rasm orqali go‘zallikni anglash, tabiatni asrash va rassomchilikka qiziqtirish, ularni vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chorladi. So‘ng, rassom ijodiga bag‘ishlangan “Inson va tabiat” nomli slayd namoyish etildi.
Davra suhbati davomida ijodkor talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi. Tadbir davomida rassom tabiat manzarasini chizib, talabalar bilan mahorat darslari o‘tkazdi. Davra suhbati yakunida Milliy kutubxona rahbariyati tomonidan ijodkorlarga tashakkurnoma va yosh rassomlarga faol ishtiroklari uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.








Report Page