Inson qadri ulug‘langan yurt

Inson qadri ulug‘langan yurt


Ma’lumki, BMT tashkiloti tomonidan 3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Kezi kelganda aytish joiz, ushbu sana 1992-yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasi qaroriga binoan har yili nishonlanib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironlar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Zero, bu toifa insonlarning sogʻligida muammosi bor boʻlgani bois imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham talab darajasida emas. Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga erishish mumkin.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Arxitektura-qurilish” fakulteti tomonidan ham ushbu sana oldidan koʻngli yarim talabalarimiz xolidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, fakultetga qarashli “Mexanika asoslari” kafedrasi professor o’qituvchilari fakultetda tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan talabalardan 512-21 QMB guruh talabasi Taniyev Doston holidan xabar olib, qimmatbaho sovgʻalar va tahsil olishi uchun zarur o’quv qurollari ulashdi.

Fakultet jamoasi tomonidan bu kabi talabalar holidan xabar olish davom etyapti, qimmatbaho sovgʻalar topshirilyapti va tahsil olishlari uchun neki zarur sharoit boʻlsa amaliy koʻmak berilyapti.

Report Page