Inson miyasi qancha yashaydi?

Inson miyasi qancha yashaydi?

yoshlarittifoqi_uz

Maʼlumki, faol aqliy mehnat va taffakkur bilan mashgʻul boʻlgan kishida miya faoliyati yaxshi darajada boʻladi, hatto u odam qari boʻlsa ham. Tarixda xuddi shu fikrni isbotlaganlar juda koʻp boʻlgan. Masalan:

— Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy umrining oxiriga qadar (60 yoshgacha) ijod bilan shugʻullangan.

— Suqrot 70 yoshida turli musiqa asboblarini chalishni oʻrgangan va tez orada bu ishning ustasiga aylangan.

— Gyote 80 yoshida dunyoga mashhur “Faust” asarini yozib tugallagan.

— Mikelanjelo eng zoʻr asarlarini 80 yoshida chizgan.

— Qadimgi Rim senatori Mark Katon yunon tilini 80 yoshida oʻrgangan.

— Olmon tarixchisi Leopold Ranke “Jahon tarixi” asarini 91 yoshida yozib tugatgan.

— Isaak Nyuton 85 yoshida ham qizgʻin ilmiy mehnat bilan band boʻlgan.

— 83 yoshli Lev Tolstoy oʻrimda yosh oʻroqchilarni ham ortda qoldirgan. “Urush va tinchlik” asarining moʻysafid muallifi bu ulugʻ yoshda konki uchib, velosiped mingan, ot ustida bir oyoqlab qirq martadan oshiqroq oʻtirib-tura olgan.

— Taniqli rus bastakori Igor Stravinskiy 88 yoshigacha musiqa bastalagan.

— Shoir Beranje – 77, Lev Tolstoy – 82, Viktor Gyugo – 83, Safokl – 90, Bernard Shou – 94 yoshigacha ijod qilgan.Yuqoridagi maʼlumotlar nimadan dalolat? “Qarilik” degan kasallik yoʻq. Ruhiyatdagi yanglish koʻnikmalar bor xolos. “Eshitayotgan narsalaringizga umuman ishonmang, hatto u oʻz aqlingizdan kechayotgan boʻlsa ham”, deb maslahat beradi taniqli ruhshunos Deniyel Amen.

Report Page