“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan pullik asosda koʻrsatiladigan xizmatlar ROʻYXATI
*Shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari asosida amalga oshiriladi, shuningdek yashash sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish zarurati o‘rganib chiqib, tegishli tavsiya ishlab chiqiladi.
** Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish quydagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
ovqat tayyorlash;
kiyim-kechaklarni yuvish va ularni dazmollash;
gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish;
sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish.
*** Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamrohlik qilish shaxslarga tibbiyot va sport muassasalariga, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, kiyim sotib olish uchun bozor va do‘konlarga borishda ijtimoiy xodim assistentlari tomonidan hamrohlik xizmati ko‘rsatiladi.
**** Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qarab turish yurishda va harakatlanishda qiyinchiligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan quydagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
ovqatlantirish;
kiyimlarni kiyish va almashtirishda ko‘maklashish;
yotoq holatini o‘zgartirish;
xavfsiz harakatlanishda ko‘maklashish;
jismoniy mashqlarni bajarishda ko‘maklashish;
zaruratga ko‘ra tez tibbiy xizmatini chaqirib berish.