#Inson_huquqlari    

#Inson_huquqlari    

Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazi

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.


💰Hisob-kitob xodimga:


✅oxirigacha olinmagan ish haqini;

✅xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun kompensatsiyalarni;

✅agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.


🗃Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.


Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.



👉 Batafsil




Report Page