"Inson aziz - xotira muqaddas" !!!!!

"Inson aziz - xotira muqaddas" !!!!!

Tarix va madaniy meros fakulteti tyutorlari

 “Xotira va qadrlash”–inson aql-zakovatining betakror maʼnaviy neʼmatlari, tiriklikning azaliy mezonlari hisoblanadi. Eng muhimi, yoshlarimiz ongu shuurida oʻtganlarni xotirlash, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Shu munosabat bilan Tarix va madaniy meror fakulteti tyutorlari T.M.Aslonova va N.M.Aslonovalar va talabalari bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida Tarix va madaniy meros fakultetida bir necha yillar davomida ishlab o‘zining samarali mehnatini sarflagan keksa ustozlarimizdan biri Buxoro davlat universitet professori, tarix fanlari doktori Inoyatov Sulaymon Sulaymonovich xonadoniga tashrif buyurib ustozning holidan xabar olinib suhbat uyushtirildi

Ustoz hayot yo‘llaridagi esda qolgan voqealar, xotiralar haqida so‘zlab berdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Yuksak cho‘qqilarni egallash uchun nimalarni bilish kerakligi, doimo o‘qish va izlanishda bo‘lish kerakligini aytib o‘tdilar. O‘tgan ustozlar yodga olindi, ular haqida yaxshi gaplar aytildi. Tashrif so‘ngida ustozni bayram bilan yana bir bor tabriklab, ularga tinchlik, sog‘lik-salomatlik tilab, tarix va madaniy meros fakulteti nomidan gul va esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar. 

Talaba yoshlarga yaxshilik va ustoz shogird an’analari,qadriyat va qadr tushunchalari haqida so‘zlab berdilar. Yana bir bor qariyalar talabalarimizga bugungi tinch kunlarning qadriga yetishni, yurtboshimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanishni alohida ta’kidlab o‘tdilar. Darhaqiqat, bugungi tadbir — faxriylarimiz ko‘rsatgan jasorati va matonati yoshlarimizda yurtni e’zozlash, keksalarni qadrlash zarurligini yanada teranroq anglashga undaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu tashrif yosh talabalarda katta ta’surotlar qoldirdi.


 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Tarix va madaniy meros fakulteti tyutori: T.M.Aslonova

Report Page