"Ustozlar - xotirasi mangu barhayot " shiori ostida Biologiya sohasida faoliyat ko'rsatib, hozirda oramizda bo'lmagan Ustozlar xotiralandi.

"Ustozlar - xotirasi mangu barhayot " shiori ostida Biologiya sohasida faoliyat ko'rsatib, hozirda oramizda bo'lmagan Ustozlar xotiralandi.

Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi matbuot xizmati

Joriy yilning 8 may oyida Agronomiya va biotexnologiya fakulteti dekani O.H.Rahimov, fakultetimizning kasaba uyushmasi rahbari B.B.Toxirov hamda Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri hamda professor-o'qituvchilari tomonidan biologiya sohasida faoliyat ko'rsatib, hozirda oramizda bo'lmagan Ustozlardan Norjon Qosimova hamda Abdullo Fayziyevlarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog'ida biologiya sohasida o'chmas iz qoldirib, ilm sarchasmasiga boy bo'lgan Ustozlarning ibaratli hayot yoʼllari, ilm va fan sohasida qo'shgan hissalari borasida oila a'zolari bilan hamsuhbat bo'lishdi hamda Ustozlar xotirasiga tilovatlar qilindi.



Zeroki, Ustozlar xotirasi  abadiy bo 'lib, ularning bosib oʼtgan hayot yoʼllari hamisha yoshlar uchun ibratli maktab vazifasini oʼtayveradi.
















Report Page