"Inson - aziz, xotira - muqaddas!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

"Inson - aziz, xotira - muqaddas!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi


“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamkorligida "Inson - aziz, xotira - muqaddas!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda Milliy gvardiya faxriylar kengashi aʼzolari, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbariyati, Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi. Dastlab ishtirokchilar Qatagʻon qurbonlarining ramziy qabrini ziyorat qilishdi va xotirasini yod etishdi.

Tadbirning ikkinchi qismi “Shahidlar xotirasi” jamoat fondida boʻlib, yoshlar mutaxassislar  tomonidan maʼruza qilingan qatagʻon zamonining voqeliklarini eshita turib, bugungi mustaqil hayotga erishishimiz naqadar mashaqqatli kechganligiga yana bir bor guvoh boʻldilar.

Albatta mazkur maskanga tashrifdan yoshlarimiz qatagʻon etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish borasida soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish bilan birga ularning ijodi va jasoratini oʻrganishdi.

Tadbirning badiiy qismida litsey oʻqituvchilari va iqtidorli oʻquvchilarining musiqiy va sheʼriy chiqishlari barchaga birdek manzur boʻldi. 

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Report Page