Inseparable bond
Kamola
Inseparable bond
Aein
Soat 4 ga yaqin ishlarimiz tugatdik , keyin barcha jamoa oʻz xonalariga kirib ketdi men esa stufflar xonasiga borib stulda uxlab qoldim . Shirin uyqimdam yana osha manager buzib , meni turg'uzdi. Telefonimga qarasam soat 6:17 ni koʻrsatardi . Ishchilar uchun ajratilgan nonushta uchun oshxonaga tushib ovqat yevolib , ishlarimni qilib , xonaga bordim . Memberlar hammasini direktor chaqirganini aytish uchun borib , chaqirib xonaga qaytganimda javonimda bir buket moychechak turardi . Ichimdagi kichkina qiz shunday baqirvordigi, hali ham xonada hech kim yoq edi .
Hamma Janob Bangni xonasiga yigʻildi
- Taehyung qayerda ? ( Bang
- orqamizda edi ( Rm
- shu yerdaman ( Taehyung eshikni ochib stulga oʻtirdi
- qayerda eding ( Jungkook
- xonada ( Taehyung
Pov
Aein gullarni ish stoliga qoʻyib majlisga ketdi. Eshikni sekin ochib joyiga turib Janob Bangni gaplarini tingladi . Kirganini hech kimni eshitmasada Taehyung sezib kulib qoʻydi.
- Xoʻsh, gap shundaki yangi album tayyor endi raqsni tayyorlash kk shu 2 kun ichida ( Bang
- buni qilish ilojisiz kamida bizga bir hafta kerak ( Jhope
- tezroq gastrollarni boshlash kerak , undan keyin 3 kundan keyin Taehyung Celina boʻyicha 1 haftalik koʻrgazmaga borish kerak ( Bang
- hech boʻlmaganda 3 kun kerak ( Jhope
- boʻlmaydi, sizlarga yordamchi kuch misolida yangi raqqosalar chaqirdim Jhope sen va Jimin bugun raqsni boshlab raqqasolarni tanlang ( Bang
- Bor gapingiz shu bolsa biz boraqaylik ( Taehyung
- boʻladi, ha aytgancha Aein sen qol ( Bang
- hoʻp ( Aein
- nega u qoladi? ( Taehyung
Bu gapidan keyin hammaga qaradi buni nima maʼnodaligini bilgan Taehyung oʻzini gapini tamomladi
- Aytmoqchimanki , u biz bilan ishlashi kerak emasmi ( Taehyung
- hozir silarga yordami tegmaydi u men bilan ishlaydi ( Bang
- nima ish boʻyicha? ( Taehyung qoshlarini koʻtargancha Bangni koʻzlariga qaradi
- Taehyung senga barcha ishlarim haqida hisobot bermayman ( Bang
- u ishlar menga ham qiziq emasman ( Taehyung jirkangan yuz qiyofasida xonadan chiqib ketdi
Xona ichida
- bunga ahamiyat berma , oʻtir ( Bang
- ularga yordam bermasam , yangi gruppa bilan ishlaymanmi ? ( Aein
- ha , lekin bugun men bilan bitta kompaniyaga borib kelamiz hamkorlik uchun ( Bang
- unda men xonga borib narsalarimni olib kelaman ( Aein
- bir soat ichida shu yerga kel
Pov
Aein xonga borib memberlar raqsni rejasini tuzishardi. Taehyung unga qarab Bang unga qanday ish berganini so'ragisi kelardi ammo gʻururidan oʻtib gapirolmasdi ham
Taehyung
Men Bangni qanaqaligini bilaman shuning uchun ham u bilan Aeinni bitta xonasida qolishini xohlamadim. Aeinni oldiga borib u bilan nimalar haqida gaplashganini qanday vazifa berganini soʻradim keldi ammo borolmadim .
- Jungkook ( Taehyung
- ha
- Aein keldi.( Taehyung
- koʻrdim ( Jungkook
Taehyung Junkook borib u bilan gaplashishi uchun bu gaplarni aytgandi ammo Jungkookni hayoliga bu oʻy kelmadi
- senga gapirgandan foyda yoq ( Taehyung ux tortgancha Aeinga qaradi
Aein gullarni oldida kimdanligiga qiziqdi va albatta Junkookdan deb oʻyladi.
- Junkook qaravorasizmi? ( Aein
- aha , hozir ( Jungkook oʻrnidan turib oldiga bordi Taehyung ularga koʻzini uzmasdan qarab turardi
- nimadir boʻldimi? ( Jungkook
- gul uchun rahmat ( Aein tabassum qilgancha
- qanaqa gul? ( Jungkook
- mana bu gullarda , men sizdan deb oʻylagandim ( Aein
- qiziq , lekin men olmadim ( Jungkook o'ylangancha
- Ha mayli uzr bezovta qilganim uchun ( Aein hijolat boʻlgancha gapirdi
- hech qisi yoʻq, haligi Bang senga nima dedi hammasi joyidamikan ( Jungkook
- ha , kompaniyaga borar ekanmiz... ( Aein gapini tugatib , Taehyung ularga qoʻshildi
- balki silarga alohida xona ajratamiz soatlab suhbatlashish uchun , nima deysan ? ( Taehyung qoshini koʻtarib
Taehyung
Buyerda ularni gaplashishini kuzatib nima haqida suhbatlashayotganini eshitolmadim. Qiziqqanimdan ular oldiga borib turdim. Gaplarimdan Arin men qarab koʻzini aylantirdi
- Aeinni bugungi ishi haqida gaplashayapmiz ( Jungkookni gaplaridan Taehyung sergak tortdi
- Xoʻsh ( Taehyung
- entertainmentga ketayapti ( Jungkook
- hoy , oʻzim ham oʻzim haqimda gapira olaman ( Aein
- men sen bilan gaplashmayapman ( Taehyung
- o'rgildim ( Aein
Taehyung gapirish mobaynida gullarga koʻzi tushdi va Aeinni gul haqida fikrini bilishni xohladi
- aytmoqchi , Jungkook seni Jin hyung chaqirgani uchun keludim ( Taehyung yolgʻonini yashirish uchun qoshini qashladi
Taehyung
U bilan Jungkook oldida bu mavzuni koʻtara olmayman
- mensiz bir daqiqa turolmaydi , mayli koʻrishguncha Aein ( Jungkook koʻzini qisib xonaga qaytdi

- charchamang ( Aein qoʻlini siltagancha hayrlashdi
- kelganingda bir hafta boʻlmasdan sovgʻa olishni boshlapsanmi? ( TAEHYUNG gulga qaragancha
- kim aytdi meni sovgʻam deb ( Aein
- sening javonimda demak seniki ( Taehyung
- kimdan ekanligini ham bilmayman demak meniki emas , lekin qanday qilib javonimdan olganimni bildingiz? Kim qoʻyganini bilasizmi? ( Aein
Yogʻdirib kelingan savollardan Taehyung gangib qoldi
- yoʻq, men.. haligi. Men qayerdan bilaman ( Taehyung
- unda meniki emas ahlat tashlab yuboraman unda buyerda turmasin ( Aein shunday deb gulni qoʻliga oldi va axlat tuni oldiga ketayotganida Taehyung tomondan toʻxtatildi
- Gullarni tashlab yuborayapsanmi? Olgan odam qancha mehnat qilganini senga muhum emasmi? Undan keyin bu gullar chiroyli qanday koʻzing qiyapti tashlab yuborishga undan keyin bu sening yaxshi koʻrgan gullarning - moychechak ( Taehyung , tashlab yuboraman degan gapidan keyin jazavaga tushib ketdim va miyyamdagi bor gaplarimni aytib yubordim

- Nima ? Siz... ( Aein
Aein
Taehyungni gaplaridan miyyam tormozlanib qolgandek hech narsani qabul qilmadi. Tilim esa nima deyishni bilmadi. Faqatgina qoʻlimdagi ogʻriqni his qilardim
- qoʻlim ( Aein Taehyungga qarab aytdi Taehyung ham qoʻliga qaraganda Aeinni qoʻlini qattiq qisib turardi va Aeinni qoʻllarini o'zinikidan ozod qildi hamda uning qoʻlini qizarib qolganini koʻrib
- kechir , buni nazarda tutmagandim ( Taehyung shunday deya tez xonaga kirib ketdi
Taehyung
Nimalar deb qoʻydim, bilib qolsachi men olganimni bilib qolsachi. Mendan keyin nega deb soʻrasa nima deyman . Oʻzimni aybdor his qildim shuning uchun bu moychechaklarni sen uchun sotib oldim deymanmi.. eh Taehyung eh
Flashback
Tunda
Hamma uxlagandan keyin Taehyung haydovchiga telefon qilib mashinasini kalitini olib kelishi soʻradi. Kepka va maskani taqib koʻchaga chiqdi soat tungi 4 da hamma gul doʻkonlar yopiq edi. Lekin Taehyung bitta ochiq doʻkonni topib ichkariga kirdi va gullarni kuzatdi va Jungkook va Aeinni suhbati esiga keldi va jilmaydi
" Aein senga qanday gul yoqadi ? ( Jungkook
Gullarni farqi yoʻq , muhimi gul, lekin koʻproq moychechak yoqadi ( Aein
- nega, koʻp qizlarga atirgul yoki arxediya yoqardi senga moychechak ( Jungkook "
- keling qanday yordam bera olaman ( keksa amaki chiqib gapirdi
- Salom , bezovta qilganim uchun uzr sizlarda moychechak bormi? ( Taehyung
- moychechak, tayyori lekin yoʻq ammo tayyorlab berishim mumkin ( Amaki
- qanchada tayyor boʻladi, pulini ahamiyati yoʻq chiroyli boʻlsin ( Taehyung
- yarim soatlarda .. hozir mana bu qogʻozlardan bezak uchun tanlab turing ( Amaki
- hoʻp
30 daqiqadan keyin
- mana gullar tayyor ( Amaki
- rahmat , qancha boʻldi ( Taehyung
- bir gullar siz uchun tekin , meni rafiqam ham moychechaklarni yaxshi koʻrardi, ishonamanki, siz ham buni yaxshi koʻrgan insoningizga beryapsiz , yana bir gap moychechaklarni yaxshi koʻruvchi insonlar koʻngli toza insonlardir, ularni koʻngliga ozor berish oson , garchi ular kuchli koʻrinsada. ( Amaki
- rahmat, Amaki ( Taehyung boshini ekkancha doʻkondan chiqib ketdi. Rulda amakini gaplarini esladi
- Ha , u shunday qiz ( Taehyung jilmaygancha yonidagi gullarga qaradi
Hozirgi vaqt
Aein mashina ichida Taehyungdan eshitgan gaplarni tahlil qilib ketardi
- Balki , gullarni Taehyung sotib olgandir ( Aein - yoʻq bunaqa bolish mumkin emas

Aein
Ichimda bir anglab boʻlmaydigan tuygʻu kezib yurardi. Qoʻlimdagi gullar undanmi yoki yoʻq. Buning ha deyilishini shunchalik eshitgim kelardiki qanday qilib manzilimizga kelganimni ham bilmay qoldim . Bu manzil Jyp entertainment edi.
