Innovatsiyalar Milliy ofisi Vengriyaning “StartupCampus” kompaniyasi bilan hamkorlikda akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda.

Innovatsiyalar Milliy ofisi Vengriyaning “StartupCampus” kompaniyasi bilan hamkorlikda akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda.



Joriy yilning 17-mart kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi va Vengriyaning “Startup Campus” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


Hamkorlikdan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga javob beruvchi akseleratsiya dasturini yo‘lga qo`yish va ishtirokchi kompaniyalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yordam berishdan iborat. 


Ushbu dastur ikkita yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. Birinchisi, Universitet startap akseleratsiya dasturi yo‘nalishi bo‘lib, unga energetika, urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida global muammolarni hal qiluvchi innovatsion g‘oyalari bor talabalarni jalb qilish rejalashtirilgan.



Ikkinchi dastur Korporativ akseleratsiya dasturi bo‘lib, unga energetika, urbanizatsiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida Vengriya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun kelajak texnologiyalarini taqdim etuvchi innovatsion kichik va o‘rta biznes korxonalarini jalb qilish rejalashtirilgan .


✅Ushbu dastur doirasida, mahalliylashtiriladigan innovatsion loyihalarni joriy etish va import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarilishi o`zlashtiriladigan loyihalarning texnologik yechimlari bilan shug`ullanadigan kompaniyalarni  akseleratsiyadan o‘tkazish va ularni yangi bosqichlarga olib chiqish maqsad qilib qo‘yilgan.

Report Page