“Innovatsion g’oyalar” forumida yangi loyihalar namoyishi

“Innovatsion g’oyalar” forumida yangi loyihalar namoyishi

Buxoroda ikkinchi marotaba o’tkazilayotgan “Buxoro shahar kuni” festivali joriy yilda yanada o’zgacha tarovat kasb etdi. Festiva…

O'zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o'zlashtirgan, murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan bilimli, etuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko'maklashish, ular o'rtasida hamkorlik muxitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.

Shu munosabat bilan, Buxoro yoshlar markazida festival doirasida  tashkil etilgan “Innovatsion g’oyalar” forumi ham xuddi shunday tadbirlardan biridir.  Loyihada viloyatning barcha tuman va shaharlaridan turli xil yosh toifalarida iqtidorli yoshlar o’zlarining yangi texnologik loyihalari bilan ishtirok etishdi.

-         Bilamizki, Buxoro hududida sho’r tuzliklar juda ko’p, -deydi forum ishtirokchisi, Muhandislik texnologiyalari instituti talabasi Sohibnazar Mahmudjonov. Mana shu tuzliklar sabab, viloyatdagi ko’pgina binolar, ularning poydevorlari sho’rlanib, yemirilisha olib keladi. Ayniqsa, viloyatda mavjud tarixiy obidalar ham bu kabi tuzliklarning “xizmatidan” chetda qolmayotganligi achinarlidir.  Polimerlar asosida yangi tarkib yaratish va u uni qurilish jarayonlarida ishlatish bir necha yillik maqsadim edi. Chet el tajribasini o’rganganimda, bino qurib tugallangandan so’ng, binoning tashqi tomoniga maxsus suyuqlik bilan ishlov beriladi. Lekin u faqatgina tashqi tomondangina sho’rlanishdan asraydi. Mening bu g’oyamni amalda tadbiq etish orqali binoning ichki va tashqi tomonlarini ham sho’rlanishdan asrash mumkin. Buxoro tarixiy obidalarga boyligini hisobga oladigan bo’lsak, loyiham kelgusi avlodlarga ham mana shu buyuk o’tmishimizni boricha yetkazib berishga xizmat qiladi.

 Forumda namoyish etilayotgan har bir yangi loyihada ishtirokchilar viloyatning geografik joylashuvi, tabiiy boyliklarga aholining ehtiyojini ham hisobga olishgani ayniqsa quvonarli.

-         Buxoroning chekka hududlarida elektr toki yetishmovchiligi barchamizga ma’lum, - deydi G’ijduvon tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi Elbek Zokirov. Men yaratgan mazkur texnika orqali, ham jismonan sog’lom bo’lish mumkin, ham elektr toki olish mumkin. Ya’ni mazkur texnikani boshqarib turib, unga ulangan maxsus qurilma orqali elektr tokiga  ega bo’lish mumkin. Bu elektr toki bilan 4-5 soat televizor hamda yana boshqa qurilmalarni ham tok bilan ta’minlash mumkin.

Forum davomida ishtirokchilarning loyihalarini ko’zdan kechirganlar yoshlarga loyihalarni yanada mukammallashtirish uchun qo’shimcha maslahatlar berib, yo’l-yo’riq ko’rsatishdi.




Report Page