Innovatsion strategiya bo‘yicha Xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil qilindi

Innovatsion strategiya bo‘yicha Xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil qilindi


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oliy ta’lim vazirligi va Jaxon bankining "O‘zbekiston Respublikasi innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyixasi doirasida taklif etilgan intellektual mulk masalalari bo'yicha xalqaro ekspert Yekaterina Runova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriya va innovatsiyalar sohasidagi rivojlanish tendensiyalarni tahlil qilish departamenti bosh mutaxassisi Rushana Musayeva, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, viloyat Yoshlar texno-parkidan xodimlar va universitet professor-o‘qituvchilari va tayanch doktorantlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar –treningdan Intellektual mulkni himoya qilish jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni, jumladan, innovatsion faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘siqlarni, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.

Prezidentning 2022-yil 6-iyuldagi "2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-165-son qaroriga asosan, shuningdek, respublikada intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha yuridik institutni rivojlantirish maqsadida, hamda Jahon bankining "O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" ("MUNIS") loyihasining 3-komponenti doirasida intellektual mulk sohasini boshqarish (IP managyemyept)ni baholash va takomillashtirish vazifasi belgilangan. Intellektual mulkni himoya qilish jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni, jumladan, innovatsion faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘siqlarni, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish maqsadida Jahon banki "MUNIS" loyihasining amalga oshirish ishchi guruhi a’zolari va xorijiy ekspert-maslahatchilari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari tomonidan "Intellektual mulkni himoya qilish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish" bo‘yicha viloyat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olim-tadqiqotchi hamda patent mualliflari uchun seminar-treninglarni o‘tkazish va konsultatsion ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirilgan. 


🏛Axborot xizmati

Report Page