“InnoWomenWeek–2025” haftaligiga start berildi
Nukus davlat texnika universitetining Kompyuter ilmlari fakultetida “InnoWomenWeek–2025” — ya’ni “O‘ylab topuvchi ayollar haftaligi” doirasidagi tadbirlarga start berildi.
Bugungi tezkor innovatsiyalar davrida jamiyatda ayollarning o‘rni va ularning innovatsion fikrlashdagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, fan, texnologiya va muhandislik sohalarida faol ayollar ishtiroki zamonaviy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Shu munosabat bilan 6–11-oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan “InnoWomenWeek–2025” haftaligi doirasida Nukus davlat texnika universitetida ayol-qizlarni innovatsiyaga, ilm-fanga va texnologik yaratuvchanlikka yo‘naltirishga qaratilgan turli tadbirlar, uchrashuvlar va targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi.
“InnoWomenWeek–2025” haftaligi O‘zbekiston bo‘ylab gender tengligini mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish va ayollar innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur tashabbus nafaqat yosh ayollarni ilmiy va texnologik faoliyatga jalb etish, balki ularning ijodiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.