"Inline bot" - nima degani?

"Inline bot" - nima degani?

Mirmuhsin Khamroev

Telegram o'zining super botlar loyihasi bilan boshqa messenjerlardan ancha ilgarilab ketdi. Anashunday super bot loyihasining bir qismi, bu inline botlardir.

"Inline" - Ingliz tilidan olingan bo'lib, O'zbek tilidagi tarjimasi "Ichki; Tarmoq ichida" degan ma'nolani anglatadi.

Inline botlar - har qanday chatning o'zida botni ishga tushirishga yordam beradi.

Masalan, siz do'stingiz bilan yozishib turganingizda, sizga youtubedan video kerak bo'lib qoldi. Siz chatning o'zida «@vid video nomi» ni yozasiz va keraklisini tanlab, do'stingizga yuborasiz.

Картинки по запросу inline bot


Qanchalik vaqtingiz va trafikingiz tejaladi, shundaymasmi? Bu inline botlarning shunchaki bir qismi.

Inline botlar hozirda keng miqyosda qo'llaniladi. Ulardan hozirda keng tarqalganlari: videolar, giflar, musiqalar, so'rovnomalar, bezakli postlar, tabriknomalar, o'yinlar va h.k yubora oluvchi botlardir. (Pastda bir qancha rasmlar)

Qanday foydalanish mumkin?

Buning uchun siz, istalgan chatda (foydalanuvchilar, guruhlar va kanallarda) xabar yoziladigan joyda kuchukcha belgisi bilan «@bot_nomi so'rov matni» tarzida yozasiz va ro'yxat orasidan keraklisini tanlaysiz.

Hech qanday natija bermasachi?

Bot yaratishda dasturiy tomondan xatolikka yo'l qo'yilgan yoki siz kiritgan so'rov bo'yicha hech qanday natija topilmagan. Odatda, bunday hollarda, aqlli dasturchilar «natija topilmadi» degan iborani biriktirib qo'yishadi.

Endi sizga o'zim bilgan bir nechta foydali inline botlarni aytaman:

@vid - youtube tarmog'ida video izlash

@vkm_bot vkontakte tarmog'idan musiqa izlash

@pic yandex tarmog'idan rasm izlash

@wiki wikipediya dan ma'lumot izlash

@gif turli xil giflar va animatsiyalar

@gamee o'yinlar

@click_uz chatning o'zida pul o'tkazish yoki do'stdan pul o'tkazishni so'rash. ( Aytgancha, click botining inline rejimda ishlashini ko'pchilik bilmaydi. Buni bir sinab ko'ring, ajoyib)


Maqola shu yerda tugaydi. Agar siz ham shunday foydali inline botlarni bilsangiz komentariyada yoki guruhda yozib qoldiring. Pastda esa inline botlarga bir qancha namunalar:

Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot
Картинки по запросу inline bot


Report Page