Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Commicative Grammar Teaching" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Commicative Grammar Teaching" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.


Ingliz tilshunosligi kafedrasi qoshidagi Kasbiy Rivojlanish Markazi ( PDC) 2021-2022 o'quv yilida ham fakultet ingliz tili oʻqituvchilarining kasb malakalarini oshirish maqsadida turli treninglar, debat klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyib kelmoqda. Faoliyat davomida Amerika Kengashi va Britaniya Kengashi tomonidan eʼlon qilingan grantlarda faol qatnashib kelayotgan mutaxassislar tomonidan master klasslar , Workshoplar hamda kasbiy muvaffaqiyatni ta'minlovchi treninglar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Kuni kecha 6 dekabr kuni Ostindagi Texas Universitetida malaka oshirib kelgan Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi PhD M.U. Saidova tomonidan Commicative Grammar Teaching (kommunikativ grammatika fanini oʻqitish) mavzusida seminar treyning o'tkazildi. Seminar zamonaviy til oʻqitish metodlariga asoslangan bo'lib , o'zining interaktiv mashg'ulotlari orqali pedagog xodimlarni kasbiy mahoratlarini oshirishga xizmat qildi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, dekabr oyining keyingi seminari Amerika Kengashi tomonidan tashkil etilgan ESN treningida faol qatnashib TESOL sertifikatini qo'lga kiritgan shu kafedra oʻqituvchisi Abdullayeva Gulnora tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.




Report Page