Infodemiyaning media olamidagi ta'siri..

Infodemiyaning media olamidagi ta'siri..

Eslevar

Media olamida trend mavzuga aylanayotgan "Infodemiya" tushunchasi haqida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nozima Muratova fikrlari:

- Pandemiya insonlarni fiziologik nuqtai nazardan kasal qilgan bo'lsa, infodemiya insonlarning ruhiy holatiga ta'sir qilyapti...

Bugun Xalqaro Press klubda ko'tarilgan masala pandemiya bilan bog'liq va undan ahamiyati kam emas desam adashmayman. Gap “infomediya” haqida ketmoqda. XPK platformasida Sh.Qudratxo'jaev, Men, Shahnoza Soatova, Aziza Qurbonova pandemiya sharoitida yuzaga kelgan parallel jolat "INFODEMIYA" borasida gaplashdik. Shularning rezyumesi sifatida infodemiya va feyklarga qarshi kurashish yuzasidan bir nechta fikrni shu yerga muhrlamoqchiman. 

🌐 Dunyo tarixida ushbu pandemiya birinchi holat emas. Dunyoda o'tgan yuz yillikda vabo kasali tarqalgani bilan bog'liq holatlar avval bo'lgan. Lekin infodemiya aynan bugun dunyoda axborot sohasida qayd etilyapti. «Axborot jamiyati nazariyalari» kitobi muallifi Frenk Vebster shunday deydi: XXI asrda insonlar media to'yingan jamiyatda yashayapti, ya'ni axborot bizni batamom qurshab olgan. Aynan shu holatda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti "infodemiya" degan terminologiyani [ommaviy iste'molga] kiritayapti.

🎥 Infomediya ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, fuqarolik jurnalistikasi saytlarida, fuqarolik jurnalistlarining pozitsiyalarida bitta mavzuning juda ko'p berilishi va shu mavzuga oid faktlarning, munosabatlarning, berilayotgan axborotlarning keragidan ortiq, hattoki, insonlarga emotsional bosim o'tkazish darajasiga chiqqani bilan ifodalanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bekorga bu terminologiyani qo'llamayapti. Sababi — pandemiya insonlarni fiziologik nuqtai nazardan kasal qilgan bo'lsa, infodemiya insonlarning ruhiy holatiga ta'sir qilyapti, vahimaga olib kelyapti.

XXI asrda nafaqat media olamida, hatto sog'liqni saqlash tizimida ham “infodemiya” degan tushuncha yangi tushuncha sifatida o'rtaga tashlandi. Axborotning aynan pandemiya mavzusiga oid ekani, aynan pandemiya mavzusidagi negativ ma'lumotlarning ko'payishi, pandemiya bilan bog'liq holatlarning ayrim hollarda bo'rttirilishi aholining emotsional holatiga qaysidir ma'noda putur yetkazayotgani, uyda o'tirib, izolyatsiyada bo'lgan aholini axborot bilan ta'minlashda biryoqlamalikning ko'zga tashlanishi va bularning ruhiy ta'sir o'tkazayotgani bilan ifodalanadi. 

✅ Infodemiya holatida ma'lumotni uzatishda pofessionallik va tezkorlik o'zaro raqobatlashayotgan jarayonlarga ham guvoh bo'lish mumkin. Bunday vaziyatlarda jurnalistlar qanday faoliyat yuritishi kerakligi bo'yicha aniq yo'riqnoma, sodda tilda aytganda “retsept” yo'q bo'lishi mumkin ham emas, ammo axborot uzatayotgan insonda insoniylik, professionallik, tanqidiy qarash o'rtasida qaysi birini ustun kelishi turli OAV da turlicha namoyon bo'lmoqda. Buni jahon jurnalistikasi ham, bizning jurnalistikadagi vaziyatlar ham ko'rsatib turipti. Masalan feyk ma'lumotlarning tarqalishini infodemiya asoratlarining biri, deb qarash mumkin.  

📗 Shu o'rinda, mening kichik tadqiqotimdan muhim parcha “Koronovirus Info" Telegram kanali O’zbekistonda pandemiya yuzasidan tekzor ma'lumot beruvchi asosiy axborot manbai sifatida tashkil etildi. Kanaldagi birinchi xabar 15-mart kuni soat 15.12 da e'lon qilindi va bu O’zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati ro'yxatga olingani haqidagi rasmiy xabar edi.

Diqqatga sazovor narsa shuki, kanaldagi ikkinchi xabar pandemiya paytida har qanday noto'g'ri ma'lumotning tarqatilishi qonun bilan cheklanishi va javobgarlikka tortilishi haqidagi bayonot bo'ldi. Ushbu xabarda yolg'on ma'lumot uchun qanday jazo berilishi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, biroq ayni masalaga urg'u berilganining o'zi katta ahamiyatga ega. Shundan so'ng O’zbekistonda antifeyk axborot siyosatining yuzaga kelgani va @antifake_uz alohida Telegram kanali yaratilishi bilan pandemiya davrida ma'lumotlarni soxtalashtirish, yolg'on axborot tarqatishga qarshi rasmiy va jiddiy kurash boshlandi”. (Nozima Muratova. Iyuli 2020, Tampere, Finlyandiya, Xalqaro Media Tadqiqotchilar Assotsiatsiyasi Konferensiyasi) 

✅ Informatsion pandemiya – “infodemiya” virus tarqalishidan ko'ra tezroq va ko'proq tarqalmoqda, jiddiyroq ta'sir etmoqda. Men infodemiyani biroz kengroq tushunaman, bu faqat feyk bilan cheklanmaydi, u manipulyativ haraktega ham ega. Dezinformasiya ham qurol, u ham insonni chalg'itadi. Lekin u borada jurnalistlarning ishlash yo'riqnomasi mavjud emas, biz krizis vaziyatlarda, favqulodda vaziyatlarda jurnalistlarning faoliyati haqida o'qiganmiz, o'rganganmiz, lekin bu borada, asosiy jurnalistik tamoyillar: xolislik, ishonchililik, haqqoniylik haqida unutmaslik muhim. Yosh jurnalistlarga bu, ayniqsa, tegishli. Odatiy hayot sharoitidan kompyuter qarshisida o'tirib, voqea joyiga chiqmasdan matn yozib Internetga chiqarayotgan yoshlar buning naqadar jiddiy ekanini anglashi kerak. Ular informatsion virus tarqatuvchilari rolida bo'lib qolmasliklari uchun o'z ustilarida ishlashlari, professional sifatida o'sishlari kerak.  

✍ Aynan infodemiya mediasvodxonlikning bugun jamiyatimizda naqadar kuchli roli o'ynashini yaqqol ko'rsatib berdi. Maktabgacha tarbiya maskanlarida, maktablarda bugun tanqidiy fikrlash (critical thinking) va mediasvodxonlikni shakllantiruvchi fanlar kiritilishiga ehtiyoj katta. Axir aholimizning 60% yoshlar-ku!















Report Page