«UMS Info» Telegram-boti haqida ma’lumot

«UMS Info» Telegram-boti haqida ma’lumot

UMS

1.               Umumiy tavsif

1.1.         «UMS Info» Telegram-boti – «Telegram®» messenjeridagi maxsus dasturiy ta’minot tomonidan boshqariladigan akkaunt bo‘lib, «Telegram®» foydalanuvchilariga so‘rov bo‘yicha “UMS” MChJ mahsulot va xizmatlari haqida ma’lumot olishga, shuningdek, “UMS” MChJ raqami ko‘rsatilgani va tasdiqlanganidan keyin o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari tariqasida taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish va ularning haqini to‘lashga ko‘mak beradi.

2.               Telegram-botga kirish

2.1.        «Telegram®» messenjerining barcha foydalanuvchilari «UMS Info» Telegram-botidan bepul foydalana oladilar.

2.2.        “Yordamchi” bo‘limidan foydalanish, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari tariqasida taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish uchun UMS raqamini belgilash va SMS-kod orqali uni tasdiqlash zarur.

3.               Foydalanish tartibi

3.1.        «UMS Info» Telegram-botiga ilk bor kirilganda foydalanuvchi tizim tilini – o‘zbek yoki rus tilini tanlashi kerak.

3.2.        Tilni tanlagach, foydalanuvchi asosiy menyuga kiradi. Unda jismoniy shaxslar uchun bo‘lim, “UMS” MChJ haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lish, bog‘lanish raqamlarini bilish hamda bot haqida fikrlarni qoldirish bo‘limlari joylashgan. Bu yerda va botning boshqa ichki bo‘limlarida tilni o‘zgartirish imkoni va “Yordamchi” xizmatidan (u haqida batafsil ma’lumotni 4 banddan olishingiz mumkin) foydalanuvchilar barcha bo‘limlar ichida har qanday vaqtda foydalanishlari mumkin.

3.3.        “Jismoniy shaxslar uchun” bo‘limida kompaniyaning amaldagi mahsulot va xizmatlari haqidagi batafsil ma’lumotni olish mumkin. Qulaylik yaratish maqsadida barcha ma’lumotlar ichki bo‘limlarga bo‘lib chiqilgan – “UMS yangiliklari”, “Tarif rejalari”, “Aksiya va chegirmalar”, “Mobil internet”, “Daqiqa va SMS”, “Xizmatlar”, “UMS ofislari”, “Internet-yordamchi”, “Bot haqida fikringiz”.

3.4.        “UMS yangiliklari” – faol web-havola bo‘lib, qaysi til xizmat ko‘rsatish tili sifatida tanlanganligiga qarab, “UMS” MChJ ning doimiy tarzda yangilanib boradigan o‘zbek yoki rus tillaridagi rasmiy Telegram-kanallariga o‘tishga imkon beradi.

3.5.        “Tarif rejalari” ichki bo‘limida “UMS” MChJ ning jismoniy shaxslar uchun amal qilayotgan tarif rejalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Tarif rejalarining tavsifida ular bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, MB va SMS-xabarlar hajmi, tarif rejalarining abonent to‘lovlari, ustunliklari, o‘tish kodlari hamda www.ums.uz web-saytining tegishli sahifalariga havolalar taqdim etilgan.

3.6.        “Aksiya va chegirmalar” ichki bo‘limi www.ums.uz web-saytining tegishli sahifasiga olib boruvchi havolani o‘z ichiga olgan va u orqali mavjud aksiya va chegirmalar haqida ma’lumot olish mumkin.

3.7.        “Mobil internet” ichki bo‘limida “UMS” MChJ ning mobil internetini turli xil qurilmalarda sozlash, internet-to‘plamlar va xizmatlarni yoqish kodlari, ularning tavsiflari bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.    

3.8.        “Daqiqa va SMS” ichki bo‘limi “UMS” MChJ abonentlari uchun amal qilayotgan daqiqa va SMS-paketlari haqida ma’lumotlarni jamlagan.

3.9.        “Xizmatlar” ichki bo‘limi “UMS” MChJ ning ko‘plab xizmatlari, shu jumladan foydali USSD-buyruqlar va rouming haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

3.10.   “UMS ofislari” ichki bo‘limida “UMS” MChJ ga qarashli ofislarda qanday xizmatlar taqdim etilishi haqida ma’lumot bayon qilingan hamda www.ums.uz web-saytidagi UMS ofislari manzillari joylashtirilgan sahifaga havola joylashtirilgan.

3.11.   “Internet-yordamchi” ichki bo‘limi https://ip.ums.uz/selfcare/ manzili bo‘yicha joylashgan internet-yordamchi (shaxsiy kabinet)ga olib boradi. Foydalanuvchining internet-yordamchidagi harakatlari bot servisidan tashqarida amalga oshiriladi.

4.               Yordamchi 

4.1.        Yordamchi – bu “UMS” MChJ ning tizim platformalariga ulangan hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari tariqasida taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish va ularning haqini belgilangan raqamdan to‘lashga ko‘mak beradigan “UMS Info” Telegram-botining maxsus bo‘limidir.

4.2.        Yordamchidan foydalanish uchun “Mening raqamlarim” bo‘limiga “UMS” MChJ ning raqamini kiritish, ushbu raqamga kelgan SMS-xabar orqali faollashtirish kodini olish hamda uni botda tasdiqlash kerak.

4.3.        Xohlagancha raqamlarni “UMS Info” Telegram-boti ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

4.4.        Raqam/larni 4.2. bandda ko‘rsatilgan tartibda tasdiqlagandan so‘ng foydalanuvchi raqamlarning bittasini asosiy raqam sifatida belgilashi mumkin. Bunday holatda “Yordamchi” bo‘limida amalga oshirilayotgan barcha harakatlar ushbu raqamdan amal oshirilgan deb, tan olinadi. 

4.5.        Yordamchi quyidagi xizmatlardan foydalanishga ko‘mak beradi:

- balans va internet-trafik qoldig‘ini bilish;

- oylik internet-to‘plamlarni ulash;

- OnNet to‘plamlarini ulash;

- tungi internet-to‘plamlarni ulash;

- SMS-to‘plamlarni ulash.

Ushbu ro‘yxat yakuniy, deb hisoblanmaydi, hamda zarurat tug‘ilganda “UMS” MChJ u yoki bu mahsulot va xizmatlarni qo‘shishi yoki olib tashlashi mumkin.

4.6.        O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari tariqasida taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanayotgan abonentning harakatlari Yordamchi sozlamalarida asosiy raqam, deb belgilangan raqamga (4.4. band) kelgan SMS-xabarnomalar orqali tasdiqlanadi.

5.    Boshqa qoidalar

5.1. Uchinchi shaxslar foydalanuvchining “UMS Info” Telegram-botidagi profilidan foydalanishi natijasida yuzaga kilishi mumkin bo‘lgan mujburiyatlar va ziyonlarga “UMS” MChJ javobgar bo‘lmaydi.   

5.2. “UMS” MChJ “UMS Info” Telegram-boti imkoniyatlariga, uning bo‘lim va ichki bo‘limlariga, tuzilma va tashqi ko‘rinishiga, shuningdek mahsulot va xizmatlar tavsiflariga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishga haqli.


Report Page