Imtihon topshirish tartibi
Toshkent amaliy fanlar universiteti
28-sentabr kuni bo'lib o'tadigan kirish imtihonlarida javoblaringiz qabul qilinishi uchun quyidagilarni bajarishingiz shart:
1) Havola orqali imtihon bo'ladigan platformaga kirasiz va rasmda keltirilgandek ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizni va pasport/ID seriya va raqamni kiritasiz.
2) 20 ta savolni hammasini belgilagandan keyin so'nggida "отправить" tugmasini bosing.
⏰ Imtihon 30 daqiqa davom etadi.
📌 Barcha abituriyentlarga eslatib o'tamiz, imtihonning har bir yo'nalish bo'yicha aniq vaqti hamda imtihonga kirish uchun link ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizga bir kun oldin SMS orqali jo'natiladi.