Immerse Education Essay Competition: Oksford va Kembrij universitetida yozgi maktab uchun 100% gacha grant!

Qayerda: Buyuk Britaniya
Kim uchun: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2021-yilning 1-sentyabrigacha
Asosiy maʼlumot
Oksford va Kembrij universitetlaridan birida 2022-yilning iyul-avgust oylarida tashkillashtiriladigan yozgi maktabga 100% gacha grant taqdim etuvchi Immerse Education Essay Competition insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
Ushbu tanlovda 2 xil yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashish mumkin;
- 2022-yil iyul-avgust holatida 13-15 yosh boʻladiganlar kategoriyasi.
- 2022-yil iyul-avgust holatida 16-18 yosh boʻladiganlar kategoriyasi.
Insholar ingliz tilida, tegishli yosh kategoriyasi va yoʻnalish boʻyicha yozilishi kerak.
13-15 yosh kategoriyasi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda insho yozilishi mumkin:
- Architecture
- Computer Science
- Creative Writing
- Economics
- Engineering
- International Relations
- Law
- Management
- Medicine
16-18 yosh kategoriyasi boʻyicha quyidagi yoʻnalishlarda insho yozilishi mumkin:
- Architecture
- Biology
- Chemistry
- Computer Science
- Creative Writing
- Economics
- Engineering
- English Literature
- Female Future Leaders
- History
- International Relations
- Law
- Management
- Mathematics
- Medicine
- Philosophy
- Physics
Gʻoliblar oʻzlari insho yozgan yoʻnalish boʻyicha yozgi maktab uchun grantni qoʻlga kiritadi. Har bir yoʻnalish uchun insho yozilishi kerak boʻlgan savollar mavjud boʻlib, ushbu savollarni BU YERDA koʻrishingiz mumkin.
Dasturning manfaatli jihatlari
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrinni olganlar oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oksford yoki Kembrij universitetidagi yozgi maktabga 100% lik grantni qoʻlga kiritadi. Grant gʻoliblarni yozgi maktabga qatnashish haqidan toʻliq ozod qiladi. Biroq Britaniyaga borish va kelish xarajatlarini gʻoliblarning oʻzlari qoplashi kerak. Turli yoʻnalishlar boʻyicha jami 10 nafar ishtirokchiga gʻoliblik (1-oʻrin) taqdim etiladi.
- 2-oʻrinni olganlar oʻz yoʻnalishi boʻyicha Oksford yoki Kembrij universitetidagi yozgi maktabga 70% lik grantni qoʻlga kiritadi. 2-oʻrinni qoʻlga kiritganlar yozgi maktabga qatnashish haqining 70% ni toʻlashdan ozod qiladi. Biroq Britaniyaga borish va kelish xarajatlarini gʻoliblarning oʻzlari qoplashi kerak. Necha kishiga 2-oʻrin berilishi kelib tushgan ishlar soni va sifatiga qarab belgilanadi. 2019-yilda insho topshirganlarning 7 foiziga grant taqdim etilgan.
Yozgi maktabga qatnashish pullikdir. Yozgi maktab haqi yosh va yoʻnalishga qarab, 800 funt-sterlingdan 4-5 ming funt-sterlinggacha boʻlishi mumkin. Aniq summani tanlov tashkilotchilaridan soʻrab olishingiz mumkin. Gʻoliblar ushbu qatnashish haqini toʻlashdan 70 yoki 100% ga ozod qilinadi.
Yozgi maktabga qatnashish haqi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oksford yoki Kembrij universitetining markaziy kollejlaridan birida 13 kunlik turar joy
– Kollej zalida nonushta va tushlik
– Bir kishilik yotoqxona
– Oksford yoki Kembrij universitet oʻqituvchilaridan 40 soatlik akademik mashgʻulotlar
– Oʻquv va maʼruza materiallari
– Mentorlik dasturi va yordamchi materiallardan foydalanish
– Barcha ekskursiyalar, shu jumladan, Kembrij kollejlaridagi rasmiy tushliklar, qayiqda suzish, kroket
– Sugʻurta
– 2 ta murabbiylar boshchiligidagi ekskursiya, jumladan, Oksfordga sayohat
– Biritish marosimi va sertifikat
– Oʻqituvchilarning yozma baholashi
Talablar
Mazkur tanlovdan butun dunyodan oʻquvchilar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilari 2022-yil iyul-avgust holatida koʻra, 13-18 yosh boʻlishi lozim.
Insholar 2 interval, Times New Roman 11 shriftda, kompyuterda yozilishi va yagona PDF faylda boʻlishi lozim. PDF fayl anonim boʻlishi kerak (Ism-familiya koʻrsatilmasligi kerak).
Inshoga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.
Inshoni baholash mezonlarini esa BU YERDAN topasiz.
2020-yilda gʻolib boʻlganlarning insholaridan namuna:
- 16-18-yosh kategoriyasi boʻyicha gʻoliblardan birining inshosi.
- 13-15-yosh kategoriyasi boʻyicha gʻoliblardan birining inshosi.
BU YERDA akademik inshoni qanday yozish boʻyicha maslahatlar bilan tanishing.
Ariza topshirish jarayoni
Tanlovga ariza va insholar 2021-yilning 1-sentyabrigacha onlayn shaklda qabul qilinadi. Nomzodlar shu sanagacha maxsus ARIZA SHAKLINI toʻldirishi va unga inshoni ilova qilib, topshirishi lozim.
Savollar yuzasidan maxsus kontakt shakli orqali tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar