Immanuel Kant

Immanuel Kant

Muallif: B. J
Immanuel Kant 1724-1804

IMMANUEL KANT 🇩🇪

Kant Königsbergda tug'ilgan va umrining oxirigacha shu shaharda yashagan. Ona shahrida o'qigan, ishlagan va butun faoliyatini o'tkazgan. Kantning hayotini o'rgangan olimlardan biri shunday deydi " Kant Königsbergni tark etishni yoqtirmasdi, lekin u butun dunyoni Königsbergga tashrif buyurishga taklif qildi "

Kant 1945-yilda Königsberg universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. Keyinchalik 1797-yilgacha Königsberg universitetida ishladi. Jumladan 1770-yildan boshlab Professor unvoniga erishgan.

Kant Platon, Jorj Berkli, Christian fon Volf, Nikolas Tetens, Frensis Xatchenson, Mishel De Monten, Devid Yum, Rene Dekart, Wilgelm Lebnitz, Jon Lokk, Nikolya Malbransh, Issak Nyuton, Jan-Jak Russo va Benedikt Spinozalar kabi olim va faylasuflarning faoliyatini o'rgangan.

Taxminan 1770-yillar

Kantning 15 dan ortiq asarlari mavjud.

Eng yirik asarlari:

« Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi - 1755 »

« Sof tafakkur tanqidi - 1981 »

« Amaliy mantiq tanqidi - 1788 »

« Aql chegaralaridagi din - 1793 »

« Adabiy tinchilik: falsafiy eskiz - 1795 »

« Antropologiya - 1798 »

« Mantiq - 1800 »


Faylasuf « Sof aql tanqidi » asarida to'rtta asosiy savolga to'xtalib o'tgan: Men nimani bilishim mumkin ? Nima qilishim kerak ? Nimaga umid qilishim mumkin ? Inson nima ?

U bu savollar orqali o'z falsafiy yo'nalish mohiyatini tuzib olgan.

Kant juda tartibli, intizomli inson bo'lib, har kuni soat 22:00 da uyquga yotgan va tongi soat 05:00 da uyg'ongan. Kechki soat 19:00 da kechki sayrga chiqqan. Shahar aholisi Kantning kechki sayrga chiqishiga qarab vaqtlarini tekshirishgan.

Kant iqtidorli olim edi. Bir kuni u uyiga kirib osilgan soatning noto'g'ri vaqtni ko'rsatayotganini payqab qoladi. Shunda Kant uzoqroqdagi tanishining uyiga piyoda borib, biroz mexmon bo'ladi va tanishining uyidagi soatning vaqtini aniqlab, uyiga yana piyoda qaytadi. Piyoda bosib o'tgan yo'lini va soatning vaqtini hisoblab uyidagi soatni to'g'irlaydi.

1766-yil portret

KRITITSIZM va TRANSSENDENTAL


KRITITSIZM (lotincha "kritike" – fikr, mulohaza yuritish mahorati yoki san’ati) – insonning bilish jarayonidagi faoliyati to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tashkil etilganini e’tirof etadigan ta’limot hisoblanadi. Shuningdek, bu yo‘nalish insonning bilish faoliyatini o‘zini o‘zi tanqid qilish orqali takomillashtirish lozimligini ham ko‘rsatib beradi. Uning asosiy tamoyillaridan biri " nisbiylik printsipidir ".

Kant Krititsizmga ko'ra hech qanday bilimning barcha tomonlarini tekshirmasdan va tanqid qilmasdan turib uni haqiqat deb qabul qilib bo'lmasligini takidlagan.


TRANSSENDENTAL ( Lotincha "transendens" - chegaradan o'tuvchi, chiquvchi ) so'zidan olingan.

Undan o‘rta asr Yevropa aqidaparastlari “transsendentallar” atamasini yaratgan. Atama borliqning umumiy, oliy sifatlarini bildiruvchi tushunchalarni anglatgan. Masalan, mavjudlik, mohiyat, birlik, haqiqiylik, xayrlilik, baraka, ne’mat kabilar transsendentallar hisoblangan.

Transsendental - mohiyatiga ko'ra hodisalarni tajriba bilan emas, balki faqat aql-idrok bilan tasavvur qilish mumkin deb tushuniladi.

Report Page