Ilmiy ishlar aprobatsiyasi o'tkazildi

Ilmiy ishlar aprobatsiyasi o'tkazildi


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti O'simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi Mustaqil izlanuvchisi Turaqulov Oybek Xolmirzayevich "Kungaboqar ertapishar navlarining hosildorligi va urug'ining sifatiga ekish sxemasi va qo'shimcha changlatishning ta'siri" mavzusida, Tayanch doktorant Xoliqov Asqar Inatillo o'g'li "Xashaki lavlagi hosildorligiga biostumulyatorlarning ta'siri"mavzusida 2023-yil 24-iyun kuni fakultet aprobatsiya komissiyasi a'zolari Agrotexnologiya fakulteti dekani Berdimuratov Elyor Xayrullayevich, O'simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professorlari Nasriddin Xalilov, Razzoq Oripov, Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi mudiri, dotsent Kuldashov Bobomurod Xusanovich, kafedra professori Elmurod Umurzoqov va kafedra professor-o'qituvchilari ishtirokida dala aprobatsiyasi o'tkazildi.

Dissertatsiya rejasi bo'yicha dala tajribalari universitet o'quv tajriba xo'jaligida amalga oshirilmoqda.Dala tajribalarida tajriba sxemalari, variantlari kesimida fenologik kuzatishlar olib borildi. Fenologik kuzatuvlar o'simlikning har bir rivojlanish fazasida o'tkazildi va qayd qilib borildi. Bundan tashqari biometrik o'lchashlar ham o'tkazildi. Dala tajribamizda turli agrotexnik tadbirlar qo'llanildi va begona o'tlardan tozalandi.

Aprobatsiyada komissiya a'zolari tajribani ko'rib chiqib o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.


Axborot xizmati


Report Page