Ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O'zbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika ta'nlovi eʼlon qilinadi

Ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O'zbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika ta'nlovi eʼlon qilinadi



Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirligi va Isteʼdodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulugʼbek” jamgʼarmasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi eʼlon qilinadi.


Tanlovga quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022 yilning 24 yanvar kunidan 

1 mart kuniga qadar qabul qilinadi:

- texnika va texnologiya;

- axborot texnologiyalari;

- tibbiyot;

- qishloq va suv xoʼjaligi;

- arxitektura va qurilish.

Tanlovga 40 yoshgacha boʼlgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarga quyidagi talablar qoʼyiladi:

-ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil);

-ishlanmaning dolzarbligi va qoʼllanish sohasi;

-texnik iqtisodiy tavsifi;

-ishlanmaga oid ilmiy ishlar roʼyxati (mavjud boʼlsa);

-ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari taqdim etiladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram orqali: +9989977463721) taqdim etiladi.

Tanlov gʼoliblari:

1-oʼrin uchun 30 000 000 (oʼttiz million) soʼm;

2-oʼrin uchun 20 000 000 (yigirma million) soʼm;

3-oʼrin uchun 10 million (oʼn million) soʼm pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

✅ Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprelь oylari mobaynida koʼrib chiqiladi va tanlov gʼoliblarni joriy yilning may oyida eʼlon qilinadi.

Report Page