Yangi doʻstlar orttirishga nima deysiz?

Yangi doʻstlar orttirishga nima deysiz?

@KhanAcademyUzbek

🙌 Jamoamizga yangi qo‘llar kerak! Siz g‘ayratli, o‘ziga ishongan va har qanday to‘siqni yengib o‘ta olishingizga ishonasiz. Sizga jamoa kerak. 

Khan Academy O‘zbek jamoasiga nima deysiz? Biz kreativlikni sevamiz, bir-birimizga foydali bo‘lishga harakat qilamiz, zerikarli ish faoliyatini quvnoq jarayonga aylantira olamiz. 

Vakansiyalar bilan tanishing:
~ Video montajchi;

~ Tarjimon;

~ Muharrir;

~ Suxandon;

~ Dizayner;

~ Kopirayter.

📌 Video montajchi

Agar sizning montaj boʻyicha tajribangiz boʻlsa, Adobe Premiere Pro va Adobe After Affects kabi dasturlarda bemalol ishlay olsangiz va oʻzingiz tayyorlagan videolardan portfolio mavjud boʻlsa, biz bilan ishlashga chaqiramiz.

Ariza toʻldirish uchun havola: https://bit.ly/2Xnc6a6


📌 Tarjimon

Rus tili va ingliz tilida yozilgan maqola va boshqa turdagi matnlarni oʻzbek tiliga hech qanday muammolarsiz tarjima qiladigan tarjimonlarni biz bilan hamkorlikka chaqiramiz va yosh tarjimonlarni koʻngilli sifatida ishga qabul qilamiz. Tarjima qilgan ishlaringizni https://t.me/khanacademyuzbek_admin ga joʻnating.


📌 Muharrir

Siz tarjima qilingan maqolalarning maʼno, punktuatsiya, grammatika va stilistika jihatlari boʻyicha obyektiv tarzda (foydalanuvchi uchun qulaylikni taʼminlagan holda) tahrir qila olsangiz bizga qoʻshiling! Nomzodlar rus va ingliz tillarini tarjima qilish darajasida tushuna olishi lozim.

Ariza toʻldirish uchun havola: http://bit.ly/38hYO3u


📌 Suxandon:

Istalgan matnni namunali, ravon oʻqiy oladigan va chiroyli ovozga ega boʻlgan erkak suxandonlarni (ayol suxandonlar yetarlicha boʻlgani uchun) loyihada ishlashga taklif qilamiz. 

Ariza toʻldirish uchun havola: https://bit.ly/2LPlvlt


📌 Dizayner

Havaskor va mahoratli dizaynerlarni biz bilan ishlashga chaqiramiz. Ish davomida siz yangi bilim-koʻnikmalarga va tajribaga ega boʻlasiz. Sizdan talab qilinadigani ishtiyoq, kreativlik, Photoshop, Adobe XDʼdan boshlangʻich koʻnikma.

Ariza toʻldirish uchun havola: https://bit.ly/2Xnc6a6


📌 Kopirayter

Oʻzbek tilida hech qanday muammolarsiz, foydalanuvchi uchun tushunarli va qiziqarli yoza oladigan kopirayterlarni koʻngilli sifatida ishga taklif qilamiz.

Ariza toʻldirish uchun havola: https://bit.ly/2Xnc6a6


Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va bizni onlayn kuzating:

Telegram | Instagram | Facebook Youtube Medium | Vebsayt





Report Page