Ikkinchi matn:
KitobPlusAvvalo, 2012-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 4,5 foizga,
qishloq xo‘jaligi 7,3 foizga, chakana savdo 19,7 foizga, qurilish ishlari 12
foizga, pullik xizmatlar 18,6 foizga o‘sgani va boshqa ko‘rsatkichlarni
ta’kidlash zarur. Joriy yilda ham bunday o‘sish sur’atlari davom etmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, viloyat yalpi hududiy mahsulotida
sanoatning ulushi 39 foizni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz
yalpi sanoat mahsulotining qariyb 11 foizi aynan Qashqadaryo viloyatida
ishlab chiqarilmoqda.
Bunday natijalarga erishishda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan,
mamlakatimiz iqtisodiyotining faxri bo‘lgan yirik zamonaviy korxonalar
katta hissa qo‘shayotganini e’tirof etish lozim. Yiliga 125 ming tonna
polietilen ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Sho‘rtan gaz-kimyo
kompleksi negizida iqtisodiyotimizda mutlaqo yangi tarmoq – gazni
chuqur qayta ishlash tarmog‘i vujudga kelganini, ushbu korxona yangi-
yangi zamonaviy industrial majmualarni barpo etishda asosiy tayanch vazifasini bajarayotganini alohida ta’kidlash kerak. Yurtimizda shu sohaga mansub, umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, Qashqadaryoda eng yuksak
texnologiyalarga asoslangan Sho‘rtan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish
majmuasi, Muborak gaz-kimyo kompleksi kabi zamonaviy sanoat
korxonalari shular qatoriga kiradi.
Yirik investitsiya loyihasi asosida Talimarjon issiqlik elektr
stansiyasida yiliga 900 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari boshlab
yuborildi.
Yaqin o‘tmishimizda tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan, haqiqatan ham
eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bunday loyihalarni amalga
oshirishga qaratilgan rejalarimiz barchamizni quvontiradi. Shu bilan birga, viloyat iqtisodiyotida ko‘zga tashlanayotgan, hammamizda tashvish
uyg‘otadigan salbiy holatlar ham bugun kam emas.