Ikkinchi liga ikkinchi tur o'yini uchun Behruz Berdalov tomonidan tayyorlangan savollar paketi.
mad_max931. “Anbiyolar qissalarida” aytilishicha, Solih alayhissalomning dindan yuz oʻgirgan qavmi togʻlar orasidagi olov va suv taʼsir qilmas qasrlari ularni asrashiga juda ishonishgan. Shu sabab bu qavmni halok qiluvchi ofat IKS tarzida yuboriladi. Mutaxassislar barchamizga yaxshi tanish IKSning yaratilishini 1883-yilda otilgan “Krakatau” vulqoni bilan ham bogʻlashadi.
Savol: IKSni bir soʻz bilan yozib bering ?
Javob: Qichqiriq.
Izoh: Ushbu qavmning uylari suv va olovdan himoya qilingan boʻlsada ofat kuchli qichqiriq tarzida yuboriladi. 1893-yilda yaratilgan Edvard Munkning “Qichqiriq” asari 1883-yilda otilgan vulqon syujetidan ilhomlangan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Manba:
2. https://youtu.be/M4pftUduty4
2. “Yovvoyi tabiat qoʻynida” filmida bosh qahramon oʻz “IKS”iga oʻzgartirish kiritishi orqali, tobora kamroq ovqatlanayotganligiga ishora qilinadi. Uy sharoitida IKSni hosil qilish usullari sifatida krest uchli otvyorka yoki drelldan foydalanish maslahat beriladi.
Savol: IKSni aniq qilib yozing bering.
Javob: Kamardagi teshiklar (Remendagi teshiklar).
Izoh: Rejissyor Shon Pennning 2007-yilda ishlangan (Ruscha nomi “В диких условиях”, eng- Into the Wild) filmida qahramon ozib ketavergani sayin kamarida yangi teshiklarni ochaveradi. Uy sharoitida kamarda teshik ochish uchun mix , drell yoki otvyorkadan foydalanish mumkinligi aytiladi.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Into_the_Wild_(film)
2. https://www.google.com/amp/s/lifehacker.ru/kak-sdelat-dyrku-v-remne/amp/
3. Duplet.
1. Bu skameyka Jorjiya shtati Savanna shahridagi “Chippeva” maydonida oʻrnatilgan edi. Qiziquvchan sayyohlarning koʻpligi tufayli hozirda mahalliy muzeyda saqlanadi.
Savol: 1994-yilda shu yerdan oʻz sayohatini boshlagan qahramonning ismi nima ?
2. 1967-yilgi manbaga koʻra, Moskvadagi koʻl yonida oʻrnatilgan bu skameykalardan birida oʻtirgan uch insonning tortishuvi ulardan birining oʻlimi bilan yakunlangan. Aytishlaricha, oʻsha paytlarda yaqin atrofda tramvay yoʻli boʻlmagan.
Savol: Bu skameykada oʻtirgan uch insondan istalgan birini yozib bering ?
Javoblar:
1. Forrest
2. Professor Voland, Mixail Aleksandrovich Berlioz, Ivan Nikolayevich Poniryov(Bezdomniy).
Izoh:
1. Bu skameyka mashhur Forrest-Gump filmida ishlatilgan. Film premyerasidan keyin sayyohlarning koʻpayishi skameykaga zarar yetkaza boshlagan. Shu sabab suratga olish guruhi skameykani sotib olib mahalliy muzeyga taqdim etishgan
2. Bu Moskvadagi Patriarx koʻli boʻlib, 1967-yilda nashr etilgan Usta va Margarita romani voqealari shu yerdan boshlanadi. Berliozning boshi esa tramvay yoʻlida olinadi. Qiziq va sirli voqealarning davomi esa Varete teatrida davom etadi.
Manba:
2. https://m.masterandmargarita.eu/ru/04mappen/patriarch.html
4. Genri Braun 1815-yilda tugʻilgan qora tanli qul bo'lib oʻzining zukkoligi bilan ajralib turgan. Uning qullikdan qochib ketishi esa tarixdagi eng gʻaroyib va aqlli yechimlardan biri bo`lib ozodlika erishish narxi naqd 86 $ ga baholangan.
Diqqat savol: Genri Braunni ozodligi uchun qaysi muassasa yordam berib yuborgan?
Javob: Pochta. Pochta xizmati.
Izoh: Bu qul oʻzini Adams Express pochta xizmati orqali katta qutida quldorlik yoʻq qilingan Filadelfiya shtatiga joʻnatadi. Pochta xarajatlari esa 86 dollarga baholangan.
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%BE%D1%87%D1%82%D0%B0
5. Tarqatma material.
1941-yilda yaratilgan bu musiqiy asar, 1948-yil AQShda musiqiy avtomatlar orasida xitga aylangan. Bunday mashhurlikdan hayratlangan "Newsweek" jurnali 1948-yilni AQShda ushbu musiqa bastakori nomi bilan atashni tavsiya qilgan. Diqqat savol: Siz menga bastakor kimligini emas , ushbu musiqiy asar nomini aniq qilib aytashingiz kerak.
Javob: Shamshirlar(qilich) bilan raqs. (Танец с саблями)
Qabul: Aniq javob
Izoh: Арам Ильич Хачатурян (Хачатрян) tomonidan yaratilgan bu musiqiy asar nafaqat sovet davlatlarida balki AQShda ham juda ommalashgan. 1998-2004 yillarda muomalada bo'lgan 50 arman dramining orqa tomonida esa shamshir bilan raqs tushayotgan juftlik tasvirlangan. Old qismida esa bastakor Aram Xachaturyan.
Manba: 1. https://bankfs.ru/deposits/kto-izobrazhen-na-1000-dram-monety-armenii-denezhnye-edinica.html
6. Erkin Vohidovning “Inson oʻzing” she’ridan parchani tinglang.
Sen hilol, yulduz, salib, IKS , IGREKdan yuksalib,
Boymisan yoki g‘arib, komron o‘zing, yakson o‘zing.
IKS-ibroniychadan “qonun” deya tarjima qilinsa, IGREK oʻz safdoshlari orasidagi eng kichik hajmlisidir. IKS va IGREKni aniq qilib yozib bering ?
Javob: IKS -Tavrot, IGREK- Zabur
Izoh: Tavrot-ibroniychadan “qonun” deya tarjima qilinadi. Zabur- esa payg`ambarlarga nozil bo`lgan kitoblar orasidagi eng kichik hajmlisi.
Manba:
1. https://tafakkur.net/inson/erkin-vohidov.uz
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D0%BE%D1%80%D0%B0
3. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B0%D0%B1%D1%83%D1%80
7. You tube platformasidagi "Uyat boʻlsa ham aytaman" koʻrsatuvida, mehmon Ahad Qayum oʻz hayotidagi uyatli biror vaziyatni soʻzlab bermoqchi boʻladi. Mehmonning jigʻiga tegmoqchi boʻlgan boshlovchi Ahad Qayum qoʻliga IKSni berib istalgan uyatli vaziyatni aytib berishini taklif qiladi. IKSni lotinchadan "qarz kitobi" deya tarjima qilishimiz mumkin. Diqqat savol: IKSni lotincha bir soʻz bilan yozib bering ?
Javob: Kalendar
Izoh: Boshlovchi Ahad Qayumning har kuni uyalishga arzirli ekanligini aytarkan , kalendari oling va istalgan kunni soʻzlang deya taklif bildiradi. Kalendar soʻzi esa lotinchadan qarz kitobi deya tarjima qilinadi.
Manba: 1. https://youtu.be/o2i1-2hsGmI
2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B0%D0%BB%D0%B5%D0%BD%D0%B4%D0%B0%D1%80%D1%8C
8. Tarqatma material
Apiworld.ru saytida berilgan maqolaga koʻra "IKSlarning" yoʻqligi sabab Xitoyning Maoxan hududida, yuzlab insonlar mavsumiy mehnatga jalb qilinadilar. 2013-2021 yilgi mavsumlarda "Krosnodar" futbol klubida "IKSning yoʻqligi" kuzatilmaganligini ayta olaman.
Diqqat savol: "IKS"ni bir so`z bilan yozib bering ?
Javob: Ari
Qabul emas: asalari
Izoh: Xitoyning bu hududida arilar yoʻqligi tufayli katta olma plantatsiyalari qoʻlda changlatib chiqiladi. 2013-2021 mavsumda esa Krosnodar tarkibida asli Braziliyalik futbolchi ARI toʻp surgan edi. (Арикленес да Силва Феррейра). Sayt nomi ham katta yordam berishi kerak edi. Apiterapiya esa ari nishi va uning mahsulotlari bilan davolash.
Manba: 1. https://habr.com/ru/company/ua-hosting/blog/507646/
2. https://www.apiworld.ru/1432130052.html
3.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%90%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%B0%D0%BF%D0%B8%D1%8F
9. Ingliz qirollik oilasi ayollari homiladorlik davrida bolaning jinsini oshkor etmaydilar. Keyt va Uilyam ham ushbu an'anani chetlab oʻtmaganlar. Ammo odamlar Keytning kiyinishi , kiyim uchun tanlagan ranglari va boshqa vaziyatlar misolida bolaning jinsini o`zlaricha taxmin qiladilar. Maqolada aytilishicha bunday tortishuvlardan eng koʻp Ular foyda koʻradilar. Ularni ingliz tilidagi bir soʻz bilan yozib bering.
Javob: Bukmekerlar. Букмекер (англ. bookmaker).
Izoh: Qiziquvchan odamlar bolaning oʻgʻil yoki qiz tugʻilishi borasida baxs qilib bukmeker kontoralariga pul tikadilar.
Manba: https://uz.unitsfashion.com/7712015-18-royal-childhood-traditions-you-may-not-know-about
10. "Bibliyaga izohlar" kitobida yahudiy xalqiga tegishli qadimiy "Ahdlar sandig'i"ni yig'ish bo'yicha batafsil maʼlumot berilgan. Unda sandiq uchun zarur materiallar, kerakli o'lchamlar toʻgʻri ketma-ketlikda yozib chiqilgan. Diqqat savol: "Ahdlar sandig'i" haqidagi maqolada 1943-yilda asos solingan qaysi kompaniya eslab oʻtilgan ?
Javob: IKEA.
(Qabul: Aniq javob) Qabul emas: Lego.
Izoh: Bu kitobda sandiqni yigʻish ketma-ketligi juda batafsil , hattoki suratlar bilan stilizatsiya qilingan. Maqola muallifi bunday yoʻriqnomani IKEA kompaniyasining oʻz mahsulotlarini yigʻish uchun beradigan yoʻriqnomalariga qiyos qiladi.
Manba:
2. https://t.me/toplesofficial/4019
11. Rejissyor Zulfiqor Musoqov Yaponiyaga qilgan sayohatida liftda oʻrnatilgan monitorda Uning filmlaridan birini toʻliq tomosha qilganini eslaydi. Bizga tanish “Bolalar”dan biri esa sotuvchidan uchinchi boʻlib Uni soʻraydi.
Savol: Uni kimligini yozib bering.
Javob: Takeshi Kitano, Такэси Китано (яп. 北野 武 Китано Такэси,)
Izoh: Zulfiqor Musoqov filmning ajoyibligi sabab liftdan chiqmay tomosha qilganligini eslaydi. “Osmondagi bolalar” filmida esa Hamdam kasseta sotuvchisidan Takeshi Kitano filmlarini ham soʻragan.
Manbalar:
1. https://youtu.be/Y3FFjptf58s
2. https://youtu.be/R0k-sQlqL8c
3. https://youtube.com/clip/Ugkx8z0FzMlBdR77nZxrYTkNZg4sHwNdzRzP
12. Wikipedianing bir maqolasida rus yozuvchisi Aleksаndr Fomich Veltmanning 1836-yilda yozilgan “Aleksandr Filippovich Makedonskiy. Kalimeros ajdodlari” asariga havola(ссылка) berilgan. Bu asarda fantastik gippogrif bosh qahramonni oʻtmishga eltib qoʻya olardi. Gippogrifga esa “Biologik Alfa” deya ta`rif berilgan.
Savol: “Alfa”ni ikki so`zda ayting?
Javob: Vaqt mashinasi
Qabul: Vaqt mashinasi soʻzlari ishtirok etgan boshqa javoblar.
Izoh: Bu gippogrif “biologik vaqt mashinasi” sifatida tasvirlangan. Vaqt mashinasi tushunchasi Gerbert Uellsning 1895-yilda yozilgan “Vaqt mashinasi” romanidan soʻng fantastik adabiyotda juda ommalashib ketgan.
Manba:
13(1). 2021-yilgi qiziq bir maqolada Gulistonlik Matiz haydovchisi tezlikni oshirgani uchun yaxshigina miqdorda jarimaga tortilgani yoziladi. Ammo haydovchining aytishicha oʻsha paytda uning mashinasi mutlaqo harakatsiz holatda boʻlgan. Diqqat savol: Siz bu vaziyatda aybdor boʻlgan insonni aniq qilib aytishingiz kerak.
Javob: Evakuator (mashinasi)haydovchisi.
Izoh: Oʻsha payt Matiz evakuator mashinasiga ortilgan holatda boʻlgan. Tezlikni matiz emas aslida evakuator buzgan boʻlsada, tezlikni aniqlovchi qurilmalar matizning raqamini yozib qolishgan.
14(2). 2008-yildan soʻng norvegiyalik fermerlar, yerlariga ekin ekishga shoshilmaydigan hamkasblariga nisbatan “Shpisbergenga ketgan” iborasini qoʻllay boshlashdi. “Shpisbergenga ketish” soʻzlari mavjud maqolada -18°C doimiy harorat ham eslab oʻtilgan.
Savol: Shpisbergenda joylashgan va nazarda tutilgan joy nomini yozib bering.
Javob: Butun dunyo urugʻlari ombori (Qabul: Shu mazmundagi javoblar). (Всемирное семенохранилище на Шпицбергене)
Izoh: Bu norasmiy iborada fermerlar hali ham yerlariga urugʻ ekmagan hamkasblariga nisbatan , u urugʻ uchun "Шпицбергенga ketgan" soʻzlari qoʻllar ekanlar. Bu hududda esa "Qiyomat kuni" ombori tashkil etilgan boʻlib , bu yerda butun dunyoda oʻsadigan oʻsimlik va daraxt urugʻlari saqlanadi.
Manba: https://aggeek.net/ru-10-faktov-o-vsemirnom-semenohranilische-na-shpitsbergene
15(3). Tarqatma material
Statistik maʼlumotlarga koʻra, koʻpincha oʻlimga ichki jarohatlar yoki gipotermiya sabab boʻladi. Bu holat yoritilgan Wikipedia maqolasida 245 fut va soatiga 75 milya (120 km/soat) tezlik ham eslab oʻtilgan.
Savol: Bu maqolada eslab oʻtilgan obyektni aniq qilib yozib bering ?
Javob: Golden Gate. Oltin darvoza koʻprigi, Golden Gate Bridge
Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Suicides_at_the_Golden_Gate_Bridge
16(4). Tarqatma material
19-asr oxiri Germaniyada tuberkulyoz bilan ogʻrigan bemorlarni yangi turdagi dori vositasi bilan davolash ishlari boshlanadi. Bemorlarga “IGREK” berilgan boʻlib, buyogʻi shunchaki “platsebo”ning ishi edi. “GTA Vice City” oʻyinida esa qahramonda sogʻliq bilan muammolar paydo boʻlsa, “IGREK” kodini kiritish kifoya qilardi.
Savol: “IGREK”ni bir soʻz bilan yozib bering?
Javob: Aspirin.
Izoh: Bu oddiy aspirin dorisi edi lekin davolash davomida 80% bemorlar oʻzlarini juda yaxshi his qilishgan. GTA Vice City oʻyinini oʻynaganlar esa javobni topishda qiynalishmadi deb oʻylayman.
Manba: 1. https://youtu.be/5SwhRhxfCKA
2. https://cyber.sports.ru/amp/post/2520099/
17(5). Togʻay Murodning asarlaridan birida Maksim polvon va Tilovberdi oʻrtasidagi kurash yakunda sport ustasi boʻlgan Maksim polvonning "Bu ish"ni qilishi bilan tugaydi. AQSh prezidenti Jimmi Karterga mamlakat madhiyasi yangrayotgan paytda oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik uchun Bu ishni qilish maslahat berilgan. Qanday ishni ?
Javob: Yulduz sanash
Izoh: Maksim polvonning kuragi yakunda baribir yerga tegadi va toʻgʻri maʼnoda "yulduz sanaydi". Jimmi Karter esa AQSh madhiyasi paytida oʻzini noqulay his qilishini aytganida , ruhshunos unga AQSh bayrogʻidagi yulduzlarni sanashni maslahat bergan.
Manba: Togʻay Murod " Yulduzlar mangu yonadi " qissasi 45 bet.
http://samkutubxona.uz/ebooks/ozbek-adabiyoti/togay-murod-yulduzlar-mangu-yonadi1. https://facts.museum/usa
18(6). Tarqatma material
Qarshingizda avstriyalik suratkash Gregor Zayler tomonidan olingan fotosuratlar. Zayler bu suratlarini “Zamonamiz IKS”lari deya atagan. IKS 18 - asrning oxirida bir knyazning ijobiy taassurot uygʻotish maqsadida qilgan harakatlaridan soʻng paydo boʻlgan edi.
Savol: IKSni bir familiya ishtirok etgan ikki soʻzda yozib bering?
Javob: "Potyemkin qishloqlari" (Потёмкинские дере́вни)
Izoh: Suratkash butun dunyo boʻylab sayohat qilib haqiqiy bo‘lmagan, sun’iy yaratilgan “maket” turar-joylarini tasvirga olgan.
Manba: https://birdinflight.com/ru/vdohnovenie/fotoproect/20171227-potemkin.html
19(7). Ikkinchi Jahon urushida paytida SS xodimlari mehnatga layoqatli yahudiyning narxini hisoblash chiqishgan. Unga ko`ra oʻrtacha 9 oy umr koʻruvchi yahudiy 1620 markaga teng. Yahudiydan topilgan tilla tish yoki qimmatli buyumlarga koʻra narx ozgina farq qilishi mumkin. Ammo doimo jami narxdan 2 marka chegirib hisoblangan. Bu 2 marka nimaning narxi edi ?
Javob: Krematoriyada kuydirish narxi.
Izoh: Odatda o`lgan yahudiylar ikki bosqichli kuydirish jarayoniga yuborilgan. Bu esa 2 markaga baholangan.
Manba: Jannatdagi soyalar romani. Erix Mariya Remark. 38-bet
20(8). Tarqatma material
2020-yilda COVID pandemiyasi davrida shaxmatchi Hikaru Nakamura “Twitch”da oʻta faol boʻldi va uning kuzatuvchilari 1 milliondan oshib ketdi. Hikaru intervyularining birida oʻzini grossmeyster emas koʻproq U sifatida sezishini aytib oʻtgan.
Savol: “U”ni chet tilidan kirib kelgan bir soʻz bilan ayting
Javob: Стри́мер (англ. Streamer),
Qabul: интернет-стример или онлайн-стример,
Izoh: “Twitch” online oʻyinlar uchun moʻljallangan platforma boʻlib , shaxmatchi toʻlovlar evaziga oʻz obunachilari bilan tezkor shaxmat partiyalarini tashkil qilib turgan. Kompyuterda doimo sichqoncha bilan ishlaganligi bois Hikaru jonli oʻyinlarda ham qoʻli bilan sichqonchani surishga harakat qiladi.
Manba:
1. https://youtu.be/Um7aWp99GuY
2. https://youtu.be/UTyNXNwF-1I
21(9). Tibbiy saytlardan birida IGREKning bir nechta sabablari keltiriladi. Xususan irsiyat, miyaning shikastlanishi, og‘ir stress yoki qoʻrquv, homila davridagi surunkali kasalliklar. Muqaddas kitoblarda Muso alayhissalom akasi Xorunni oʻziga hamroh qilganligining sababi ham Musodagi IGREK ekanligi aytiladi. IGREKni bir soʻzda yozib bering?
Javob: Duduqlik, duduqlanish
Qabul: Logonevroz
Izoh: Yuqorida bolalardagi duduqliklikning tibbiy sabablarini sanab oʻtdik. Muso alayhissalom nutqida toʻxtalishlar borligi sababli Fir’avn oldida uning akasi Xorun alayhissalom gapiradi.
Manba:
1. http://mariupol.medkontrol.pro/zabolevaniya/zaikanie-zapinanie.html
2. https://youtu.be/8-9tnQ_4T80
2. https://main.community/m/v4EEBo
22(10). Toplessning “Zaharlar” mavzusida tayyorlangan video koʻrsatuvida tabiatda uchraydigan turli zaharli meva, oʻsimlik va hayvonlar haqida soʻz boradi. Koʻrsatuv davomida 2007-yilda premyera qilingan bir Amerika filmiga ham havola berib ketilgan. Siz shu film rejissyorini ayting ?
Javob: Shon Penn (Qabul: Aniq javob)
Izoh: “Into the Wild” filmida qahramon zaharli meva yeb qoʻyishi oqibatida vafot etadi. Biz oldingi savollarimizda bu film va rejissyor haqida toʻxtalgan edik.
Manba:
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Into_the_Wild_(film)
2. https://youtu.be/_Zv-r1QltLU
23(11). 1930-yillarda Nikolay Ornaldo Moskvaning sirk, musiqiy zallar va kinoteatrlarida illyuziya, ommaviy gipnoz bilan bogʻliq seanslar tashkil etishi bilan mashhur edi.
Savol: Bu seanslarda bir necha bor mehmon boʻlgan, 1891-yil Kiyevda tugʻilgan inson kimligini ayting ?
Javob: Mixail Bulgakov
Izoh: Nikolay Aleksandrovich Smirnov / Ornaldo "Usta va Margarita" romanidagi Volandning sirk sahnasida koʻrsatgan gipnoz va pul sochish sahnalari uchun prototip sifatida xizmat qilgan deya ishoniladi. Biz oʻtgan savollarimizdan birida "Varete" teatri va "Usta va Margarita" romani haqida maʼlumot bergan edik.
24(12). Astek.meb.com saytida uy sharoitida soyalar teatrini tashkil qilish uchun tavsiyalar beriladi. Unga koʻra spektakl boshlanishidan oldin bajarishingiz kerak boʻlgan "Bir harakat" boshqa odatiy teatrlarda spektakl yakunida bajariladi. Savol: Qanday harakat haqida gap ketmoqda?
Javob: Par(dalar)ni tushirish. Pardani yopish.
Izoh: Soyalar teatri pardaga qorongʻu fonda tushirilgan nur orqali koʻrsatiladi. Spektakl boshlanishidan oldin esa pardani toʻliq tushirish kerak. Odatiy teatrlarda esa spektakl yakuniga yetganida pardalar tushiriladi. Qaysidir maʼnoda bizni tomoshamiz ham tugadi va ijozatingiz bilan pardalarni tushiramiz.
Manba: https://astek-meb.com/kak-sdelat-zanaves-dlya-stseny-svoimi-rukami/