Ijtimoiy texnologiyalar bo'yicha seminar-trening

Ijtimoiy texnologiyalar bo'yicha seminar-trening

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Tashkilotchi: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Ishtirokchilar: jurnalistlar, blogerlar, kontent yaratuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari, kommunikatsiya va jurnalistika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa shaxslar

Mehmon: Shu Chen, Facebookning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha sobiq boshqaruvchi direktori

Sana: 2023-yil, 25-avgust

Vaqt: 10:00-12:00

Trening o'tkazilish formati: Online (Zoom orqali)

Trening ishchi tili: Ingliz

Tarjima: O'zbek tili

Ro'yxatdan o'tish uchun havola.

Chu Chen haqida

Shu Chen (Jorj)

Shu Chen (Jorj) Vashingtonda joylashgan The Asia Group konsalting kompaniyasining boshqaruvchi direktori. U, shuningdek, Gonkong universiteti (HKU) Fuqarolik jamiyati va davlat boshqaruvi markazining katta ilmiy xodimi boʻlib, u yerda “Tech for Good Initiative” loyihasini ishga tushirish va unga rahbarlik qilishda yordam bergan. Yigirma yildan ortiq vaqt davomida Jorj ommaviy axborot vositalari, texnologiya va siyosat bo'yicha olim bo'lib kelgan. Jorj yetti yildan ortiq vaqt mobaynida Meta/Facebook’ning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori sifatida ishlagan.

Jorj shuningdek, “South China Morning Post”, “Reuters” va “Dow Jones” kabi yirik ommaviy axborot vositalarida turli tahririyat va boshqaruv lavozimlarida ishlagan. 2014-yilda Jorj Yel universiteti va 2015-yilda AQSh Davlat departamentining “International Visitor Leadership Program” dasturining ishtirokchisi bo‘lgan. 2022-yilda Jorj Mo‘g‘ulistonda IT-industriyasini rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Mo‘g‘uliston Prezidenti farmoni bilan xorijliklar uchun eng oliy mukofotlardan biri – “Do‘stlik medali” bilan taqdirlangan.

Jorj Xitoy, Gonkong va Tayvandagi biznes va siyosatga oid “Defending Election Integrity in Taiwan” (2020), “The Next Big Thing – How China Challenges Silicon Valley And Changes Global Landscape” (2015), “This is Hong Kong I Know” (2014), va “Foreign Banks in China” (2011) kabi kitoblar muallifi.

Batafsil

Seminar-trening dasturi:

10:00–10:30 Kirish so'zlari va Shu Chenning taqdimoti

10:30-11:30 – Seminar-trening:

  • Zamonaviy ijtimoiy texnologiyalar
  • Zamonaviy ijtimoiy texnologiyalarning kontentmeykerlar, jurnalistlar faoliyatiga hamda foydalanuvchilar soniga ta'siri

11:30-12:00 – Shaxsiy tajriba bilan almashish va muhokama:

12:00 – Seminar-trening yakuni


Fond faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Website | Telegram | Twitter | Facebook | Instagram

Report Page