Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori tomonidan haydovchiga kuch ishlatilayotganligi tasvirlangan videolavha tarqalmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori tomonidan haydovchiga kuch ishlatilayotganligi tasvirlangan videolavha tarqalmoqda.



Maʼlum qilamizki, joriy yilning 7 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koʼkdala tuman hududidan oʼtuvchi “Yakkabogʼ-Shoʼrbozor” avtomobil yoʼlining 69 kilometrida, shu hududda xizmat olib borayotgan yoʼl patrul xizmati inspektori tomonidan “Neksiya-2” rusumli transport vositasi fuqaro U.U. tomonidan hujjatlarsiz boshqarilayotgani aniqlangan. 

Huquqbuzarlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirib, avtotransport jarima maydoniga olib borilishi zarurati tugʼilganda, haydovchi YPX inspektori talablariga boʼysunmagan, yuzaga kelgan ziddiyatdan foydalanib, transport vositasida voqea joyidan yashiringan.

Hozirda fuqaro U.U.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Oʼz navbatida yoʼl patrul xizmati inspektorining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida oʼrnatilgan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati



Report Page