Ijtimoiy tarmoqlarda “Масала холис ва ҳаққоний ўрганилса деймиз...” sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Масала холис ва ҳаққоний ўрганилса деймиз...” sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Murojaatga muvofiq, Zomin tumani, Dashtobod shahri bozor hududi va bozor atrofida bo’sh turgan yerlar auksion orqali 3 yil muddatga berilganligi, ushbu yer maydonida yengil turdagi qurilmalarni joylashtirilish lozimligi belgilangan bo’lsada, biroq amalda og’ir konstruksiya beton ishlari olib borilayotganligi va bu holat nazoratga olinishida amaliy yordam so’rab qilingan murojaat Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o’rganib chiqildi.

 Aniqlanishicha, ko’chma savdo obyektining “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro’yxatdan o’tgan “DEAMOND TEСHNOLOGY 777” MCHJga ko’chma savdo qilishning belgilangan talablariga javob beradigan Jizzax viloyati, Zomin tumani, Ulug’bek MFY hududidan 40,0 m/kv, “OYBEK-FOOD-TRADE” XKga 40,0 m/kv, “GULASAL-BEKZODJON” XKga 40,0 m/kv, “BREAD FAST” XKga 80,0 m/kv, “SHER ELNUR GROUP” MCHJga 80,0 m/kv, “Xasanov Ikromjon To’ychiyevich” YaTTga 80,0 m/kv yer uchastkasi cheklangan muddatga (3 yil) ko’chma savdoni amalga oshirish huquqi berilgan. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Ko’chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 485-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda – ko’chma savdo obyektlari 100 kvadrat metr maydondan ko’p bo’lmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson ko’chirish va yig’ish mumkin bo’lgan ko’chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo’konlar, avtotirkamalar, avtosisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga o’xshash boshqa ko’chma savdo obyektlari)ga ruxsat etilgan.

 Biroq, ko’chma savdo obyektining “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro’yxatdan o’tgan “DEAMOND TEСHNOLOGY 777” MCHJga ko’chma savdo qilishning belgilangan talablariga javob beradigan Jizzax viloyati, Zomin tumani, Ulug’bek MFY hududidan 40,0 m/kv, “OYBEK-FOOD-TRADE” XKga 40,0 m/kv, “GULASAL-BEKZODJON” XKga 40,0 m/kv, “BREAD FAST” XKga 80,0 m/kv, “SHER ELNUR GROUP” MCHJga 80,0 m/kv, “Xasanov Ikromjon To’ychiyevich” YaTTga ajratilgan 80,0 m/kv yer uchastkasida kapital qurilish ishlari olib borib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qarori talablarini buzganligi yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 68-moddasi 1-qismi, ya’ni tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo’lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek, tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarni buzib ko’rsatish, axborotlarni berishdan bo’yin tovlash yoki noto’g’ri axborot berish bilan bog’liq huquqbuzarligi uchun nomlari qayd etilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi tayinlash to’g’risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, Jizzax viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasiga yuqorida nomlari qayd etilgan tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlariga vakolati doirasida chora ko‘rishlik yuzasidan 2023-yil 04-avgustdagi 01-01-548-son xat bilan murojjat etilgan. Jizzax viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining (joriy yil 22-avgustda 01-05/1484-sonli javob xatida) ma’lum qilishicha, “Xasanov Ikrom To‘ychiyevich”YTTga, “Gulasal-Bekzodjon”Xkga, “Sher El-Nur Grup”MCHJga, “Deamond Technology 777” MCHJga, “Bread Fast”Xkga, “Oybek-Food-Trade”XKga tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda qurgan qurilmalami buzib olishi hamda qurilish materiallarini ushbu yer maydonidan olib ketishi tog‘risida ogohlantirish xatlari berilgan.




Report Page