Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar

Tolipov G'olibjon

Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma.

@Tolipov_03_13


Tarix - internetda ijtimoiy tarmoqlar 1995-yilda Classmates.com AQSh portali paydo boʻlishi bilan mashhurlikka erisha boshladi. Loyiha juda muvaffaqiyatli boʻldi, bu keyingi sanoqli yillarda bir necha oʻnlab shunga oʻxshash xizmatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Lekin ijtimoiy tarmoq „portlash“ining rasmiy boshlanishi 2003-2004-yillarda AQShda LinkedIn, MySpace va Facebook ishga tushirilgani hisoblanadi. Internetning rus tilida soʻzlashuvchi segmentida Odnoklassniki va VKontakte koʻrinishidagi ijtimoiy tarmoqlar 2006-yildan beri ommalasha boshladi (Facebook saytining ruscha versiyasi faqat 2008-yilda paydo boʻlgan).


Instagram

Instagram is a social network created by Kevin Systrom and Mike Krieger to share photos and videos. It also allows you to upload them through other social networking platforms. In addition, users have the ability to use digital filters for images and videos. Maximum duration for videos on Instagram is 60 seconds.

@Tolipov_03_13

Tarix - Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va ,,telegram'' soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.


Bu xizmat qisqa fursatda 2012-yilning aprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlganligi ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyani Facebook, Instagramni sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi.



Telegram

Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Oddiy foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga har birining hajmi 2 GB gacha boʻlgan tasvirvideoaudio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli hamda video chatlarda qatnashishlari mumkin.

Dastur GoogleAndroidApple iOSMicrosoft WindowsBlackberryMacOSLinux va Windows Phone uchun mavjud.

Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.

Telegram

Tarixi - Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi. 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.

2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. Oʻtgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu koʻrsatkich 500 milliondan oshdi.

Ushbu foydalanuvchilar oʻsishi sababli esa Telegram Sentabr oyida maʼlumotlar saqlash formatini int32’dan int64’ga oʻtkazdi. Bu esa eski versiyalarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatish majburiyatini hosil qildi va Dekabr oyida eski versiyalar ishlashdan toʻxtadi.

2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.

Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.

Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning maʼlum qilishicha, Telegramʼning asosiy maqsadi kelajakda oʻnlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin boʻlgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish boʻlib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi yana bir qadam boʻlgan. Investorlar orasida BAAning „Mubadala Investment Company“ hamda „Abu Dhabi Catalyst Partners“ kompaniyasi bor.

Yangilanishlar - Telegram dasturi 2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi. Iyul oyida esa 30 kishiik videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish imkoniyatiga ega boʻldi. Avgust oyi oxirida esa Telegram Ovozli va Video chatlarni Jonli efirlar deya nomladi. Sentabr oyidagi yangilanishda esa Jonli efirlarni yozib olish imkoniyatini ham taqdim etdi. Shunday qilib biz 2021-yilni Rekasiyalar, Yashirin matn, Tarjimon va QR-Kodlar bilan tugatdik.

2022 -yil mart oyida telegram yana bir yangilanishni eʼlon qildi. Bunda koʻra telegram botlarini yaratishda yangi dasturlash tili (JavaScript) qoʻshildi. Endi telegram botlar saytlardan deyarli farq qilmaydi deb xabar qiladi telegram oʻr rasmiy saytida. Bundan tashqari telegram yangi emojilar, stikerlar va toʻgʻridan toʻgʻri kanallar va guruhlardagi postlarni telegramdan chiqmagan xolatda boshqa tillarga tarjim qilish imkoniyati ham yaratdi.

2022-yil 21-iyun kuni Telegram foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshganini eʼlon qildi va shu munosabat bilan Telegram Premium obunasini eʼlon qildi.



WhatsApp

WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjeringlizchadan What's up? — "Ishlar qalay?" va appsmartfonlar uchun propriyetarkross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google AndroidWindowsBlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40SymbianNokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.

@Tolipov_03_13

WhatsApp

Ishlab chiqaruvchi WhatsApp Inc.

Facebook Inc.

Chiqish sanasi 2009-yil

Tillar koʻptilli

Janr Darhol xabarlashuv

Litsenziya Propriyetar

Vebsayt: whatsapp.com


Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINEKakaoTalkWeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi.2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi.Financial Times gazetasiga binoan, "Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi."

2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi. 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.

2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsAppʼni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri boʻlmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.


YouTobe

YouTube, LLC — videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

Google tomonidan yaratilgan. YouTobe butunlay Python dasturlash tilida yozilgan.

@Tolipov_03_13


2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklandi.

Google kompaniyasi 2021-yil yozidan youTubeʼda reklama orqali pul topadigan AQSHdan tashqaridagi videoblogerlardan daromad soligʻi ushlab qolishni boshlashi mumkin. Soliq bloger tomonidan eʼlon qilingan videoning Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan koʻrishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar bloger zarur maʼlumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Googleʼning AQSHda boʻlmagan blogerlar uchun solinadigan soligʻi 2021-yil iyundan boshlab kuchga kirgan.


Facebook

Facebook (talaffuzi: feysbuk) — 2004-yilda Harvard universiteti talabasi Mark Zuckerberg tomonidan va qoʻshni xonadagi Eduardo SaverinDustin Moskovitz va Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq. Saytning butun dunyoda ommalashib ketgani bois, Mark Zuckerberg 23 yoshida dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi

@Tolipov_03_13


Tarix - Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha vaqtlarda maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). Harvardga oʻqishga qabul qilingan Zukerberg oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyatiga analog tarmoq resursini yaratish gʻoyasi bilan chiqadi. Biroq taʼlim muasassasi bu innovatsion gʻoyani baʼzi sabablarga koʻra rad etdi. Zukerber 2003-yilning 28-oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard universiteti kompyuter tarmogʻiga kirib koʻchirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyuruvchilar Zukerberg tomonidan qoʻyilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 marta rasmni koʻrib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq Harvard maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyiladi. Zukerbergni esa maʼmuriyat xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, oʻqishdan haydashga qaror qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Zukerber ilk loyihasidayoq hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda boʻlib oʻtgan loyihani muhokama qilish maqsadida, oʻzining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi. Keyingi semestrdan boshlab, Zukerberg yangi veb-sahifa uchun kod yoza boshlaydi. Unga „Harvard Crimson“da Facemash muajorolari haqida yozilgan maqola ilhom bagʻishladi. Va nihoyat 2004-yilning 4-fevralida Zukerberg Thefacebookni www.thefacebook.com internet manzilida joylashtiradi. Gʻoya Facebook nomini oladi, bu Markning eski maktab davridagi xotiralari bilan bogʻliqdir.


Mark Zuckerberg


@Tolipov_03_13

Tavalludi Mark Elliot Zuckerberg

14-may 1984-yil (38 yosh)

White Plains, New York, A.Q.Sh.

Fuqaroligi AQSh

Turmush oʻrtogʻi Prissila Chan

Ota-onasi Edvard Zuckerberg , Karen Zuckerberg

Taʼlimi Ardsley High School (1998-2000)

Phillips Exeter Academy (2000-2002)

Harvard universiteti (2002-2004)

Faoliyat yillari 2004–hozirgacha

Bolalari 2

Sayt markzuckerbergofficial.com

Imzo

@Tolipov_03_13

Google

Google - qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent — Googlebot(Qidiruv roboti) — bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud: — Googlebot-Mobile — mobil qurilmalar saytlarini indekslovchi robot; — Google Search Appliance (Google) gsa-crawler — yangi apparat-dasturiy kompleksi Search Appliance ning qidiruv roboti; — Googlebot-Image — rasmlarni indekslash uchun sahifalarni skaner qiluvchi robot; — Mediapartners-Google — sahifalar tarkibida uchrovchi AdSense boʻyicha skaner qiluvchi robot; — Adsbot-Google — AdWords boʻyicha skaner qiluvchi robot.

@Tolipov_03_13

Larri Peyj va Sergey Brin

Brayn va Peyj qidiruv natijalarida pop-up reklamalarini yoki moliyalashtirilgan

qidiruv natijalari modelini ishlatishga qarshi edilar va ular 1998 yilda talaba

bo'lganlarida ushbu mavzu bo'yicha tadqiqot ishlarini yozdilar. Biroq, ular tez orada

fikrlarini o'zgartirishdi va erta bosqichda hozirgi paytda Google-ning asosiy

daromad manbai bo'lgan oddiy matnli reklama reklamalarini qo'shishga imkon

berishdi.


Tarix - Google o'zining birinchi moliyalashtirishini 1998 yil avgust oyida, marhum

Sun Microsystems asoschilaridan biri bo'lgan Andy Bechtolheimdan $ 100,000

shaklida oldi. Google rasmiy ravishda 1998 yil 4 sentyabrda Kaliforniyaning Menlo

Park shahridagi do'stlar garajida ro'yxatdan o'tgan.

"Google" nomi "googol" so'zidan kelib chiqadi, ya'ni yuz nol bilan 1 raqamini

anglatadi. (Enid Blyton "Sehrli Faravay daraxti" da "Google Bun" iborasini

ishlatgan (1943 yil nashr etilgan). Kundalik tilda tobora ko'proq qo'llaniladigan

"google" (en: "google") fe'l 2006 yilda Oksford inglizcha lug'atiga qo'shilgan.

"Internetni qidirishda Google-dan foydalanish" degan ma'noni anglatadi.

1998 yil oxirida Google qariyb 60 million sahifani indeksladi. Bosh sahifada

hali ham BETA yorlig'i bor edi, ammo Salon.com saytidagi maqola Google qidiruv

natijalari Hotbot yoki Excite.com kabi boshqa qidiruv tizimlariga qaraganda

yaxshiroq ekanligi haqida xabar bergan va google-ni o'zining ajoyib texnologik

yangiliklari uchun maqtagan. Ko'payib borayotgan dot-com pufagi paytida "tarmoq

kelajagi" sifatida ko'rilgan (ayniqsa Yahoo !, excite.com, Lycos, Netscap-ning

Netcenter, AOL .com, Go.com va MSN .com) saytlar, ayniqsa investorlar

tomonidan "tarmoq kelajagi" sifatida ko'rilgan. fond bozori.


Narx - Google 19-avgust 2004-yilda oʻz aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening oʻzida qoldi. 2005-yil noyabr oyining maʼlumotlariga qaraganda, Google aksiyalari narxi 400 AQSh dollaridan oshib ketdi (ular birjada dastlab 83 dollardan narxlangandi) va korporatsiyaning kapitalizatsiyasi 119 mlrd. dollarga teng boʻldi


Twitter

Twitter (talaffuzi: Tvitter) — onlayn ijtimoiy-axborot xizmati. Twitter qoʻllanuvchilariga 140 ta harf qoʻllanishga imkoniyat beradi. Shu kunlarda Twitter dunyodagi eng muhim ijtimoiy-axborot tarmogʻiga aylanib ulgurgan. Twitter maʼlumot almashishda eng operativ qurollardan biri boʻlganligi uchun bu sohada u katta inqilobga sabab boʻldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlarga Twitter katta rol oʻynamoqda.

Twitter

Tarix - Twitter 2006-yil mart oyida Jek Dorsey tarafidan yaratilgan. Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali oʻzining ilk xabarini yoʻllagan edi. Dorseyning 2006-yilning 21-martida San-Fransiskodagi hamkasblariga joʻnatgan ushbu xabari qisqagina „Hamkasblarga taklif“ jumlasidan tashkil topgan edi. Keyingi uch yil ichida Twitter orqali joʻnatilgan tvitlar — 140 belgigacha boʻlgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi.

Tender (ing . tend — xizmat koʻrsatish) — ochiq turdagi yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi raqobatli savdosotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; xalqaro bozorda mashinauskunalar xarid etish, qurilishmontaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. Oʻzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda T. keng qoʻllaniladi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda, xalqaro loyihalarini amalga oshirishda T. eʼlon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ boʻlgan T. qoʻmitasi tuziladi.



Tik-Tok

TikTok  - Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli boʻlgan qisqa videofilmlarni yaratish va koʻrish xizmatidir. 2018-yil yozida ishga tushirilgan xalqaro versiya Xitoyda qisqa videofilmlar uchun yetakchi video platforma hisoblanadi va boshqa mamlakatlarda tobora ommalashib bormoqda, eng tez rivojlanayotgan va yuklab olingan dasturlardan biriga aylandi.

Xitoyda u „Douyin“ nomi bilan tanilgan (xitoy. 抖 音, pinyin Duyen). TikTok va Douyin aslida bir xil dasturdir, ammo Xitoyning senzura cheklovlari ostida alohida serverlarda ishlaydi. TikTokning Los-Anjeles, Nyu-York, London, Parij, Moskva, Berlin, Dubay, Mumbay, Jakarta, Seul va Tokioda vakolatxonalari mavjud.

@Tolipov_03_13

Bugungi kunda ilovada 150 mamlakatdan 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi bor. Ilova Xitoyda foydalanuvchilarning 60 % 25-44 yosh oraligʻida, Xitoydan tashqarida esa foydalanuvchilarning 43 % 24 yoshdan oshgan. 2019-yil oxirida oʻrtacha har oy rossiyalik foydalanuvchilar ilovada 16,25 milliard tomosha qildilar va 20,83 million video joylashtirdilar; shuningdek 23 million marta ulashishdi va 1,62 milliard video tomosha qilishdi.

Bloomberg 2018-yil oktabr oyida ByteDance hali daromad keltirmaganligini xabar qildi, garchi uning 2018-yilgi daromadlari 7 milliard dollardan oshsa ham. Bir necha oy davomida kompaniya ommaviy savdoga chiqishni rejalashtirgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

TikTok ilova ichida tanga sotib olishni taklif qiladi, 100 tanga $ 0.99 dan 10,000 tanga $ 99.99 gacha. Foydalanuvchilar oʻzlarining sevimli ijodkorlariga tangalarni sovgʻa qilishlari mumkin, ular oʻz navbatida ularni raqamli sovgʻalarga almashtirishlari mumkin. Mobil ilovalar maʼlumotlarini yigʻuvchi Sensor Tower kompaniyasi xabar berishicha, TikTok foydalanuvchilari butun dunyo boʻylab 2018-yil oktabr oyida ilova ichidagi xaridlarga 3,5 million dollar sarfladilar, bu 2017-yil oktabridan deyarli toʻrt baravar koʻp.

Digiday agentliklari TikTok-da uning portlovchi mashhurligini hisobga olgan holda reklama qilishni boshlashi mumkinligini aytdi. Nanjing Marketing Groupning xitoycha versiyasiga koʻra, TikTokning Douyin xitoycha versiyasi bir kunda 1 million yuanga (taxminan 150 000 AQSh dollari) tushishi mumkin boʻlgan ekranlarni va 30 yuanga (taxminan 4 dollar) yangiliklar lentasi reklamalarini taqdim etadi.


Tarix - Douyin ijtimoiy tarmogʻi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan 2016-yil sentabr oyida ishga tushirilgan. Keyinchalik ushbu dasturning nusxasi „TikTok“ nomi bilan xalqaro bozorga chiqarildi. Bu kompaniyaga oʻz mamlakati qonunlarini buzmasdan global miqyosda rivojlanishiga imkon berdi. 9-noyabr, 2017 kuni ByteDance musical.ly ijtimoiy tarmogʻi sotib oldi va 2018-yil 2-avgust kuni TikTok bilan birlashtirdi.  


Hamma narsani foydali va zararli tomonlari bor shuningdek Ijtimoiy tarmoqlari.

Hurmatila, G'olibjon


Muallif - @Tolipov_03_13

Report Page