Ijtimoiy tarmoqda ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan “jihodchilar” terroristik oqimi aʼzosi qoʻlga olindi

Ijtimoiy tarmoqda ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan “jihodchilar” terroristik oqimi aʼzosi qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qoʻshilishni maqsad qilgan shaxs qoʻlga olindi.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, 1998 yilda tugʻilgan SH.A. (Parkent T.) telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu shaxs, “jihod” qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilish maqsadida, Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻzingiz va yaqinlaringizni oʻzingiz asrang. Ogoh boʻling.

IIBB Axborot xizmati




Report Page