Ijtimoiy tarmoqda To‘rtko‘l tumani 50-sonli maktab filiali to‘g‘risida e’lon qilingan videomurajaat bo‘yicha

Ijtimoiy tarmoqda To‘rtko‘l tumani 50-sonli maktab filiali to‘g‘risida e’lon qilingan videomurajaat bo‘yicha

RASMIY BAYoNOT


To‘rtko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

 To‘rtko‘l tuman “Qumboskan” OFY “Qumboskan” aholi punktida joylashgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 50-sonli maktab filiali 1986 yilda 464 o‘rinli qilib qurilgan bo‘lib, 2015 yilgacha ushbu ta’lim muassasi 66-sonli umumta’lim maktabi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Aholining keskin kamayishi oqibatida maktabda ta’lim oladigan o‘quvchilar soni ham kamayib borganligi natijasida 66-sonli umumta’lim maktabi 50-sonli maktab filiali sifatida 2015 yilda qayta tashkil etilgan. Hozirda 50-sonli maktab filialida 32 ta o‘quvchi yoshlar ta’lim - tarbiya olayotganligi sababli 464 o‘rinli maktab binosining (34 ta sinf xonasidan) bori-yo‘g‘i 4 ta sinf xonasidan foydalanilmoqda. 50-sonli umumta’lim maktabi va filiali 2023 yil 30-avgust sanasida tuman hokimligi va moliya vazirligi, “To‘rtko‘l-Bo‘ston qurilish” MChJ o‘rtasida shartnoma tuzilib DXSh ga o‘tkazilgan, ya’ni shartnoma asosida ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish va isitish tizimini nazorat qilish “To‘rtko‘l-Bo‘ston qurilish” MChJ ga o‘tkazilgan.

Ushbu maktabning asosiy binosi 2019 yil Davlat budjeti hisobidan mukammal ta’mirlanganligi va 420 o‘rinli maktabda 303 o‘quvchi (navbatchilik koeffitsenti 0,7) yoshlar ta’lim olayotganligi hisobga olib, maktab filiallari faoliyati harajatlarini optimallashtirish maqsadida filiallar faoliyati to‘xtatilib, filialdagi 32 ta o‘quvchini asosiy binoga olib borib o‘qitish uchun zarur bo‘lgan mikro avtobus bilan ta’minlanish masalasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirgiga taklif kiritilgan.

Shuningdek, murojaatda bildirilgan yana bir mаsala bo‘yicha quyidagilarni bildiramiz:

“Qumboskan” OFY markazida 24-sonli DMTT mavjud bo‘lib, ushbu muassasada hozirda 82 nafar bolalar tarbiyalanayotgan bo‘lib, yana tarbiyalanuvchilarni qabul qilish imkoniyati mavjud. “Qumboskan” aholi punktida esa bori-yo‘g‘i 9 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bo‘lganligi Davlat bog‘chasini qurish iqtisodiy nuqtai-nazardan to‘g‘ri kelmasligi sababli oilaviy bog‘cha tashkil etish taklifi bo‘yicha tashabbuskor izlanayotganligini ma’lum qilib bildiramiz.

 

 




Report Page