Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun kerakli xujjatlar ro‘yxati.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun kerakli xujjatlar ro‘yxati.


PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi (yoki yashash xududidagi o‘ziga qulay bo‘lgan) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar orqali ariza berishlari mumkin.

Ariza elektron ravishda kiritiladi va qonuniy vakillardan (bolaning ota-onasi yoki rasman belgilangan qonuniy vakili) arizaga ilova qilish uchun qo‘yidagi xujjatlar* taqdim etilishi so‘raladi:

1)      Davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil ko‘chirma;

2)     Bolaning tashxisiga qarab tor mutaxassis xulosasi: psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun);

otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari;

oftalmologning xulosasi (faqat ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan ko‘rish organlarining tavsifi;

ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot ma’lumotlari;

defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi ko‘rsatilgan holda nutq rivoji tavsifi.

3)    Bolaning o‘qish joyidan ta’lim muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qigan bolalar uchun);

4)    Maktabdan tabel kartasi (maktabda ta’lim olayotgan bolalar uchun bir maktabdan ikkinchi maktabga o‘tmoqchi bo‘lganda);  

5)     Bolaning nogironligi bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiya xulosasi (agar bor bo‘lsa);

6)     Avvalgi PTPK xulosasi (agar bor bo‘lsa);

 

Arizani elektron ravishda bolaning qonuniy vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ma’lumotlari asosida kiritiladi (Qonuniy vakil ota-onanadan boshqa shaxs bo‘lgan taqdirda, konuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat xam taqdim etilishi lozim).

Ma’lumot uchun: Qayta ko‘rikga yo‘naltirilgan bolalar uchun ham yuqorida ko‘rsatilgan xujjatlar to‘liq taqdim etishlishi zarur.

PTPK o‘z faoliyati doirasida bolaning alohida ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari asosida uni tegishli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti, Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlariga, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, Inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga, «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat- uylariga, Yakka tartibda uyda ta’lim uchun va Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablariga** yuborish uchun xulosa beradi.

 

 *Xujjatlar PDF, JPEG yoki PNG formatda ilova qilinadi va xaqiqiy nusxalari ariza beruvchiga qaytariladi.

**Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablariga yuborish uchun PTPK tekshiruvidan o‘tish uchun faqat “Yengil darajadagi aqliy zaiflik” tashhisi bo‘lgan shaxslar buyicha ariza kiritiladi va PTPK xulosasi beriladi.


Report Page