Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyihani ishga tushirdi

Uzum

Agentlik va milliy marketpleysning qo‘shma tashabbusi tufayli reabilitatsiya vositalariga muhtoj deb topilgan o‘zbekistonliklar ularni tanlashlari va Uzum Market buyurtma tarqatish punktlari mavjud bo‘lgan har qanday aholi punktlariga yetkazib berish bilan buyurtma berishlari mumkin.

 

Subsidiyani rasmiylashtirishda muhtojlarga Uzum Market milliy marketpleysida reabilitatsiya uchun tovarlar sotib olish uchun maxsus promokod ham beriladi. Sinov rejimida servis Toshkent va Samarqand viloyatining bir nechta shaharlarida mavjud bo‘lib, sinov muddati yakunlangandan so‘ng mamlakatning barcha hududlari aholisi zarur reabilitatsiya vositalarini sotib olish uchun vaucherlarni olishlari mumkin.

 

— Bizning vazifamiz nogironlarga to‘liq hayot kechirishga yordam berish va ularni qo‘ltiqtayoqlar, nogironlar aravachalari yoki yuzlab boshqa mahsulotlar bo‘lsin, barcha zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashdir, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyerov. — Uzum Market milliy marketpleysi bilan hamkorlik orqali biz mamlakat bo‘ylab eng zamonaviy texnologik yechimlar va ulkan infratuzilmalardan foydalanishimiz mumkin. Bu  esa minglab o‘zbekistonliklar uchun kundalik vazifalarni hal qilish, odatdagi turmush tarziga qaytish va hatto sevimli ishlari osonlashashini anglatadi.


— Biz qurgan va rivojlantirishda davom etayotgan infratuzilma yordam berishi kerak — bu Uzum Marketning ishlash tamoyillaridan biridir, — deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov. — Va biz ijtimoiy himoya agentligi bilan birgalikda boshlagan loyiha biz uchun muhim bo‘lgan ushbu tamoyilni aks ettiradi. Bu yil biz butun mamlakat bo‘ylab 200 dan ortiq aholi punktlarini qamrab olgan holda buyurtma tarqatish punktlari tarmog‘ini 3 baravar oshirishni rejalashtirmoqdamiz, ya‘ni yordam haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlar uchun yanada qulayroq bo‘ladi.

 

Muhtoj odamlar uchun barcha promokodlar telefon raqamlariga bog‘langan bo‘lib, faqat ishonchli sotuvchilarning mahsulotlariga amal qiladi. Promokod orqali o‘zbekistonliklar ma’lum toifadagi tovarlarni sotib olishda chegirma olishlari mumkin, shu bilan birga promokoddan faqat bir marta Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bazasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga bog‘langan hisobdan foydalanish mumkin.

 

Report Page