“Ijodkor bolalar” festivali-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq yosh avlodda og‘zaki va yozma ijodni shakllantirib, o‘quvchilarning yozgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish, ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ijodkor bolalar” festival-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
☑️1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Ijodkor bolalar” festival-tanlovi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-,8-,9 - sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
2. “Ijodkor bolalar” festivali-tanlovi Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
2-bob. Tanlovning maqsad va vazifalari
“Ijodkor bolalar” festivali-tanlovini tashkil etish va o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va yoz manzaralarini chiroyli tasvirlab, ijodkorlik qobiliyatlarini aniqlashdan iborat.
🔰3-bob. Tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi
Tanlovda o‘quvchilar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan berilgan kalit so‘zlardan foydalangan holda she’r tuzib, ko‘rsatilgan manzilga yuborishlari kerak bo‘ladi.
Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan materiallar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Taqdim etilgan ishlarni baholash va tanlov natijalarini umumlashtirish uchun hakamlar hay’ati shakllantiriladi.
✅Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich. 2022-yil 17-iyun sanasidan 24-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Ushbu bosqichda quyidagi "yoz, ta'til, kitob" kalit so'zlardan foydalangan holda she'r yozib, 📌Ijodiy ishlarni @RBK_tanlov1 va @RBK_tanlovlar_2 manziliga #tanlovga deb yuboriladi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan tahlil qilinib, 100 balli mezon asosida yuqori ball to‘plagan 10 ta eng yaxshi she’rlar muallifi 2-bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
2-bosqich. 2022-yil 30-iyun kuni ZOOM dasturi orqali tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.
Tanlovning ikkinchi bosqichida 1-bosqichida g‘olib deb topilgan 10 ta ishtirokchi qatnashadi. Ishtirokchilarga foydalanish kerak bo‘lgan kalit so‘zlar tanlov boshlangan vaqtda e'lon qilinadi. Tanlov davomida she’r yozishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Mualliflar o‘z she’rlarini yozma hamda og‘zaki shaklda hakamlar hay’atiga taqdim qilishadi. Eng yaxshi 1 ta she’r muallifi tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi.
🖍 Baholashda qo‘yidagilarga e’tibor beriladi:
- yuborilgan ijodiy ishlarning tanlov mavzusiga muvofiqligi;
- aniqlilik;
- tasviriy ifoda va g‘oya mazmunini ochib berilganligi;
- she’riyat qoidalariga tayangan holda yozilganligi;
Taqdim etilgan ijodiy ishlar ushbu tanlovning maqsadlari, vazifalari va baholash mezonlariga mos kelishi kerak.
🔘Tanlov shartlari, uning o‘tkazilish jarayoni va natijalari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
🎉Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.