"Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi" Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

"Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi" Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi

Termiz shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining hududiy bo‘linma rahbarlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mas'ullari, talaba yoshlar hamda 24 nafar tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirok etishdi.

Tanlov davomida targ‘ibotchilarning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha mahorat va salohiyatlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

– Maqsad, xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini oshirish, kasbiy mahorati ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva. – Shuningdek, ularning bilimlarini mustahkamlash, hushyorlik va ogohlikka chorlash, yoshlarni milliy urf-odatlar ruhida har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Ushbu tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra Sherobod tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Sharofat Xidirova hamda Sariosiyo tumanidagi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Dilnoza Saidova tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilar diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi Axborot xizmati

Report Page