Ijarada yashovchi talaba holidan xabar olindi

Ijarada yashovchi talaba holidan xabar olindi

03.11.2022

Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Dilfuza Mirova 3.4 IQT -20 guruhi talabasi Murodova Maftuna istiqomat qilayotgan Buxoro shahar Navoiy ko'chasi 11 - uy, 23- ijara xonadoniga tashrif buyurdi.

Ijara xonadonidagi shart-sharoitlarini o'rganish jarayonida kuz-qish mavsumida elektr jihozlari, gaz plitasidan foydalanishda is gazidan ehtiyot choralarini ko'rish haqida tushuncha berdi va is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashining oldini olish  bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishtirib, dalolatnoma tuzildi.

Ijara xonadoni oshxonasidagi gaz plitasi ustida gaz g‘uborini tashkariga chiqaruvchi moslama (zond) mavjudligi o'rganildi.

Talabaning darsdan bo'sh vaqtlarida nimalar bilan bandligi haqida suhbatlashdi.

Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori Mirova D.S.




Report Page