Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi

Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olindi

Pedagogika fakulteti tyutori D.Majidova


Pedagogika  fakulteti tyutori Dilbar Majidova ijara shartnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish va talabalar holidan xabar olish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi. Buxoro shahrining  Navro'z mahallasi Islom Karimov  ko`chasida joylashgan ijara xonadonida yashovchi talabalar bilan yashash sharoiti, muammolari yuzasidan suhbat olib borildi. 1- xonali ijara xonadonida 5 nafar talaba istiqomat qilib kelmoqda.


Talabalarga suv, elektr energiyasi, jihozlaridan to’g’ri, o'rinli foydalanish, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo’yicha tavsiya va maslahatlar berildi. Issiq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli tartibda saqlash, buzilgan mahsulotlarni utilizatsiya qilish, jumladan, talabalarga kechki payt ko’chaga chiqmaslik, ijara xonadoniga tanishlar, begonalarni kiritmaslik, har qanday holatda ham hushyor bo'lish, yuzaga kelgan muammo va kamchiliklardan tyutorni xabardor qilib turishlari aytib o’tildi.





Report Page