Ijara xonadonlarini o‘rganish davom etmoqda

Ijara xonadonlarini o‘rganish davom etmoqda

"Biotexnologiya fakulteti" axborot xizmati

Joriy yilning 19-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti mas'ullari tomonidan fakultet talabalari istiqomat qiladigan ijara xonadonlari yaqindan òrganildi.

Talabalar yashash sharoitlarini oʻrganish davomida, ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarning dars qilish jarayonlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, talabalarga gaz, suv, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

Shuningdek, talabalarga imtihonlar boshlanishidan oldingi joriy va oraliq nazoratlarni òz vaqtida topshirishlari, bòsh vaqtini behuda òtkazmasliklari va darslarga doim faol ishtirok etishlari,har bir olayotgan ballari yiĝilib fan uchun belgilangan kreditni tòplashlari uchun asos bòlishlari tushuntirildi.

Report Page